Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Hamid Olimjon

Hamid Olimjon

 

Hamid OLIMJON 1909 yilning 12 dekabrida Jizzaxda tug‘ilgan.
Ijodini dastlab hikoyalar bilan boshlagan. Tezda iste’dodi o‘zining lirik tabiatini namoyon qiladi. Shoirning yangi she’riyat va yangi badiiy shakllarga intilishi uning «Baxtlar vodiysi», «O‘rik gullaganda», «O‘zbekiston» she’rlarida yaqqol aks etdi.
H.Olimjon Ikkinchi jahon urushi yil- larida xalq og‘zaki ijodiga xos ifoda usuli va vositalaridan keng foydalangan holda xalqni kurashga, mardlik va jasoratga ilhomlantiruvchi she’rlar yozdi. «Qo‘lingga qurol ol», «Jangchi Tursun», «Roksananing ko‘z yoshlari» kabi she’r va balladalari shular jumlasidandir.
Uning «Oygul bilan Baxtiyor», «Semurg‘ yoki Parizod va Bunyod» nomli dostonlari jarangdor ohangi bilan o‘zbek she’riyati- ning o‘lmas mulkiga aylangan.
HOlimjon ijodida tarjima ham muhim o‘rin tutadi. Jumladan, A.Pushkin, T.Shevchenko, K.Simonovdan qilgan tarjimalari o‘zbek tarjimachilik san’atining yuksak namunalari sanaladi.
Hamid Olimjon 1944 yil 3 iyulda avtohalokat natijasida vafot etgan.