Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Xamidullo Saliyev *

Xamidullo Saliyev

 

Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Saliev Xamidullo Xashimjаnovich 1966 yil Andijon shahrida tug‘ilgan.
1984 yilda Andijon davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.
1990 yilda Andijon davlat pedagogika instituti Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasida assistent lavozimida o‘z faoliyatini boshlagan.
1993-1996 yillarda esa Qori Niyoziy nomli Toshkent pedagogika ilmiy tadqiqot instituti aspirantura bo‘limida taxsil olgan.
1997 yil O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutidagi ixtisoslashgan kengashda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
1998 yil Andijon davlat universiteti Jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari kafedrasi mudiri etib tayinlangan.
2002 yil 18 martda Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti unvoni taqdim etilgan.
2002 – 2006 va 2006 – 2010 yillarda Andijon davlat universtiteti ilmiy kengashi qarori bilan Jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari kafedrasi mudirligi lavozimlarida ishlagan. 2010 – 2013 yillarda jismoniy madaniyat fakul’teti dekani vazifasida faoliyat olib borgan. Hozirgi kunda Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.
Saliev Xamidullo Xashimjonovich pedagogik faoliyati davomida 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop ettirgan, 30 ga yaqin uslubiy qo‘llanmalar tayyorlagan. 150 yaqin talabalarning bitiruv malakaviy ishlariga hamda 30 ga yaqin magistrlarning magistrlik disssertatsiyalarini tayyorlashda ilmiy rahbarlik qilgan.
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) doktorlik dissertatsiyalariga Rasmiy opponentlik qilgan va tashqi taqrizlar bergan. Shuningdek, mustaqil ilmiy tadqiqotchilar hamda doktorantlarning doktorlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilib kelmoqda. Talabalar va magistrlar ta’lim va tarbiya jarayonlarda horijiy mamlakatlar Malayziya, Turkiya, Xitoy va AQSHdan o‘rganib kelgan bilim va tajribalaridan samarali foydalanib kelmoqda.