Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Olimjon Holdor

Olimjon Holdor

 

Taniqli shoir va adib, dramaturg, professor Olimjon Holdor 1932 yilda Andijon viloyati Buloqboshi tumani Kulla qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston san’at arbobi unvoni sohibi. Turli gazeta tahririyatlarida ishlagan. 1968-1983 yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon bo‘limini boshqargan. "Arg‘uvon tagida", "Kaftimdagi tuproq", "Andijon bahori", "Kumush kosa", "Subhidam qo‘shiqlari", "To‘yona- to‘yona", "Shahrimga kel" kabi o‘ttizdan ortiq she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Yuzga yaqin qo‘shiqlari respublika radio, televideniesi tasmalariga muhrlangan. "Sevgi afsonasi", "Qotil kim?", "Boboruh", "Anda jon qoldi", "Mirkomilboy", "Oy tutilgan kechalar", "Aldangan farishta" ("Madina") kabi dramalari teatr sahnalarini bezab kelmoqda. Olimjon Holdor "Er farzandi", "Osmon kaliti", "Umr mazmuni", "Ke- lajakka maktublar", "Shahrixonliklar", "Ko‘ngil" kabi hujjatli qissa- lari, "Arosat", "Mirkomilboy", "Andijonliklar" romanlari mualli- fidir. Adibning 70 yilligiga uch jildlik, 75 yilligiga atab esa lotin yozuvida ikki jildlik saylanma asarlari nashr etilgan.

Kitoblar