Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

O‘tkir Hoshimov

O‘tkir Hoshimov

 

Oʻtkir Hoshimov Taniqli oʻzbek yozuvchisi va jamoat arbobi. 1941 yili 4 avgustda Toshkentda Doʻmbirobod mahallasida tugʻilgan. Toshkent (2013-yil 24-may Juma kuni Ogʻir hastalik tufayli Oilasi davrasida Toshkentda vafot etgan) Davlat universiteti filologiya fakultetida oʻqigan. Turli tahririyat va nashriyotlarda ishlagan. Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qoʻmita raisi.

Oʻtkir Hoshimov 1941 yil, 5 avgustda Toshkent shahrida oddiy bir oilada dunyoga keldi. Yozuvchining bolaligi urush va urushdan keyingi mashaqqatli davrga toʻgʻri keldi. „Oʻsha davrda non tanqis boʻlgani bilan kutubxonalarda kitob koʻp edi“¸ deya eslagan edi yozuvchi oʻz xotiralarida.

Kitob oʻqish barobarida Oʻtkir Hoshimov pochtada xat tarqatuvchi boʻlib ishladi. Aynan mana shu ish Oʻtkir Hoshimovni oddiy odamlarning kitobdagi hayotdan butunlay boshqa turmushiga oshno qildi.

Boʻlajak yozuvchi 1964-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetining (sobiq ToshDU) filologiya fakulteti jurnalistika boʻlimini sirtdan tugatdi.

1959 — 62 yillari „Qizil Oʻzbekiston“, 1963-66 y. „Toshkent haqiqati“ 1966-82 yillari „Toshkent oqshomi“ gazetalarida adabiy xodim boʻlib ishladi.