Endi Siz sotib olgan kitoblaringizni yuklab olishingiz shart emas!
E'tibor bering: hozirda bizning saytimizda sotib olingan elektron kitoblar uchta usulda o'qilishi mumkin:
mobil-ilova orqali, Windows-ilovasi orqali va saytdagi onlayn-o'quvchi orqali. Батафсил -->

Xurshida Vahobjon qizi

Xurshida Vahobjon qizi

 

Xurshida Vahobjon qizi 1967 yilda tug‘ilgan. 1990 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan. Uning "Aldamchi tonglar" nomli ilk she’riy kitobi 1998 yilda "Yozuvchi" nashriyotida chop etilgan. Shuningdek, u "Sig‘magay jismim jahonga", "Izhor", "Tajalli", "Samoyinur" (Saylanma) kitoblarining muallifi. Publisistik asarlari turli jamoa to‘plamlarida, gazeta va jurnallarda va internet nashrlarida e’lon qilingan. 2019 yilda “Yangi tong" nomli she’riy to‘plami "O‘zbekiston" nashriyotida chop etildi .
U 2005 yildan buyon O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Andijon viloyat bo‘limini boshqarib kelmoqda. “Bobur izdoshlari” nomli adabiy to‘garak rahbari. 2012 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.

Kitoblar

Yangi tong

Yangi tong (2019)