Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Ibrohim Normatov

Ibrohim Normatov

 

Ibrohim Normatov 1943 yil 2 dekabrda Andijon viloyatining Asaka shahrida tug‘ilgan. Jurnalist, TOShDUning jurnalistika fakultetini sirtdan o‘qib tugatgan. Muxbirlik faoliyatini 1955 yilda maktabda o‘qib yurganida boshlagan.
Prezidentning xalqchil ichki siyosatini hamda mustaqil tashqi siyosatini targ‘ib qilish, tashqaridan O‘zbekistonga bo‘layotgan har qanday bo‘xton, tuhmat va xurujlarga zarba berish, Vatan va millat sha’ni uchun kurashish, xalqaro hayotni sharhlash faoliyatining asosiy yo‘nalishidir.
Mehnat faxriysi, jurnalistikaning hamma janrida oldingiday ijod qiladi. Mudofaa vazirligi, Adliya vazirligi, Harbiy prokuratura, Ichki ishlar vazirligi idoralarida muntazam o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib turadi.
1997 yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvoni, 1995 yilda O‘zbekiston Respublikasining faxriy yorlig‘i, 2011 yilda “Mustaqillikning 20 yilligi” nishoni bilan mukofotlangan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ibrohim Normatov 2020 yil 21 oktyabr kuni vafot etdi.