Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Ikromiddin Ostonaqulov *

Ikromiddin Ostonaqulov

 

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professori vazifasini bajaruvchisi tarix fanlari doktori, “Turon” fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzosi Ikromiddin Ostonaqulov adabiyot tarixi va adabiyotshunoslik, tasavvuf va islomshunoslik, tilshunoslik va matnshunoslik sohalarida izlanishlar olib borib, Nosiruddin Rabg‘uziy (XIV asr), Muhammad Siddiq Rushdiy (XVIII asr), Majzub Namangoniy (XIX asr), Abdulg‘ofur Ismatiy (XIX asr), Ziyouddin Haziniy (1867–1923), Rojiy Marg‘inoniy (1834–1918), Husaynxon Mushkin (1904–1976) kabi ijodkorlar merosini ilmiy va adabiy muomalaga olib kirishga munosib hissa qo‘shdi.

U 1957 yili 3 noyabrda Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi Oqqo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan. 1979 yili Farg‘ona Davlat pedagogika institutining (hozirgi FarDU) “O‘zbek tili va adabiyoti” fakultetini bitirib, o‘rta maktabda o‘qituvchi, tuman gazetasida musahhih, Farg‘ona viloyati gazetasida muxbir va adabiy xodim lavozimida ishlagan.

Uning “Avliyolar sultoni. Turonlik valiylar”, “Farg‘onalik valiylar”, “Muhammad Siddiq Rushdiy va uning “Tazkirat-ul avliyo-turkiy” asari” monografiyalari, “So‘z chamani ichra navo ko‘rguzib” (Xalq hofizi Rasulqori Mamadaliyev haqida risola), “Yozyovonlik Suyarxon to‘ra”, “Nafs tarbiyasining 40 maqomi” kabi kitoblari tasavvuf maʼnaviyatini targ‘ib etuvchi asarlar sifatida mashhur.