Ismoil Shomurodov
Ismoil ShOMURODOV, 1966 yilda Samarqand viloyati, Urgut tumaning Sariqtepa qishlog‘ida tug‘ilgan.
Urgut tumanidagi 48-o‘rta maktabda tahsil olgan. «Arnasoy tongi», «Postda» gazetalarida faoliyat yuritgan. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Respublika «Qo‘riqlash» birlashmasida xizmat qiladi. Ma’lumoti - jurnalist, huquqshunos. ToshDUning (hozirgi O‘zMU) Jurnalistika fakultetini va Ichki ishlar vazirligi Akademiyasini tamomlagan. «Bayroq» (2004y.), «Hazon fasli» (2005y.), «Yosh xotin» (2008y.) qissalari, «Mag‘lubiyat» (2005y.) va «Odamxo‘r» (2007y.) nomli romanlari chop etilgan.
Поделиться с друзьями в соцсетях