Endi Siz sotib olgan kitoblaringizni yuklab olishingiz shart emas!
E'tibor bering: hozirda bizning saytimizda sotib olingan elektron kitoblar uchta usulda o'qilishi mumkin:
mobil-ilova orqali, Windows-ilovasi orqali va saytdagi onlayn-o'quvchi orqali. Батафсил -->

Izzat Ahmedov

Izzat Ahmedov

 

Izzat Ahmedov 1959 yil 25 sentyabrda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tug‘ilgan. 1987 yil Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetini tugatgan. Matbuot sohasida ish faoliyatini 1984 yildan boshlagan. Bir qancha gazeta va jurnallarda faoliyat yuritgan. Jumladan, “Muloqot” jurnalida bo‘lim muharriri, katta muharrir vazifalarida, “Habar”, “Mohiyat” gazetalarida esa bosh muharrir o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Hozirgi kunda “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida bo‘lim muharriri vazifasida faoliyat yuritmoqda. O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi. Izzat Ahmedovning “Buyuklar muhabbati” (2004 y.), “Ilohiy muhabbat” (2005 y.), “Dunyo malikalari” (2012 y.), “Monte Kristoning sirli xazinasi” (2012 y.), “Harobadan chiqqan mashhurlar” (2014 y.),”Mashhurlar kulgusi”(2012 y.), “Ummon ostidagi dur” (Rivoyatlar lotincha) (2015 y.) kabi to‘plamlari chop etilgan. Jumladan, ingliz yozuvchisi Agata Kristining o‘nta hikoyasini tarjima qilib “O‘g‘irlangan million dollar” (2012 y.) nomi bilan nashr ettirgan. Mashhur gruzin yozuvchisi Nodar Dumbadzening qator hikoyalarini tarjima qilib “Hislarimini qo‘zg‘ama” nomi bilan nashrga tayyorlamoqda.