Jaʼfar Muhammad Termiziy *
Haqiqiy ism va sharifingiz:
Xolmo‘minov Jaʼfar Muhammadiyevich
Xolmo‘minov Jaʼfar Muhammadiyevich (Jaʼfar Muhammad Termiziy) 1968-yili 20-sentyabrda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. O‘rta maʼlumotni Muzrabot va Boysun tumanlarida olgan. 1993-yilda TDU filologiya fakultetining fors-tojik adabiyoti bo‘limini tugatgan. 1999-2002-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasining kunduzgi aspiranturasida (“Dinshunoslik” mutaxassisligi bo‘yicha) tahsil olgan.
O‘zbek va fors-tojik tillarida ijod qiluvchi zullisonayn shoir, tarjimon, publitsist, dinshunos, faylasuf va adabiyotshunos olim – Jaʼfar Xolmo‘minov falsafa fanlari nomzodi (falsafa fanlari doktori PH.D), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Antyqe Vorld Xalqaro Fanlar Akademiyasi professori. U ayni paytda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi, O‘zbekiston Tojik milliy madaniy markazi raisi sifati faoliyat olib bormoqda.
Shu paytgacha Jaʼfar Muhammadning “Yomg‘irning ko‘zi”, “Quyosh kipriklari”, “Rangning yashil chiqishi”, “Tajalliy”, “Ko‘zgu hayrati”, “Ishq oshig‘i”, “Quyosh siyrati”, “G‘azal g‘izoli”, “Vaqt taʼmi” nomli sheʼriy to‘plamlari hamda “Hanuz ishq...” nomli saylanmasi o‘zbek va fors-tojik tillarida nashr etilgan. Yangi davr o‘zbek sheʼriyati namoyandalari ijodidan namunalarni fors-tojik tiliga, mumtoz va zamonaviy fors-tojik sheʼriyatining 50 ga yaqin namoyandalari sheʼriyatidan namunalarni o‘zbek kitobxonlari uchun tarjima qilgan.
Falsafa, dinshunoslik, tasavvuf falsafasi, milliy maʼnaviyat va adabiyotshunoslikka oid bir qator monografiya va risolalar, 300 ga yaqin ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifi.
Поделиться с друзьями в соцсетях