Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Karim Bahriyev *

Karim Bahriyev

 

Bahriyev Karim Hakimovich - 15.07.1962-yil Samarqand viloyati, Urgut tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti - Oliy. 1985-y. Moskva Davlat Universitetining Jurnalistika fakultetini tugatgan. 1992-yil, 2006-yil va 2011-yil “Mustaqillik” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.
“Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasi “Meros–nyus” axborot xizmati rahbari va O‘zbekiston Respublikasi Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida faoliyat yuritadi.
“Sabr kosasining siniqlari”, “Tomchidil” sheriy kitoblari, “Demokratiya va inson huquqlari”, “Jurnalistning huquqlari, majburiyatlari va masuliyati”, “Ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy asoslari” nomli o‘zbek tilidagi ilmiy-ommabop kitoblari, “OAV va saylovlar” hamda “SMI i vibori” nomli o‘zbek va rus tilidagi qo‘llanma, “So‘z erkinligi haqida so‘z” nomli o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi siyosiy-ijtimoiy kitob, qator tanqidiy-tahliliy maqolalar muallifi.
Seneka, Platon, Volter, Monten, Paskal, Vovenarg, Laroshfuko, Labryuyerning falsafiy asarlarini, jahon xalqlari hikmatlarini, Genri Fordning “Mening hayotim”, Jorj Oruelning“1984”va“Molhona” romanlarini va Malkolm Gladuelning “Daholar va uddaburonlar” asarlarini, Chingiz Aytmatov, Dino Bussati, Jovanni Papini, Korrado Alvaro, Marchello Venturi hikoyalarini, uyg‘ur shoiri Temur Davomatning sheʼriy kitobini, ozar shoiri Romiz Ravshanning sherlari va dostonini, A.Avtorxonovning “Kreml saltanati” kitobini tarjima qilgan. Karim Bahriyevning tarjimasida nemis, malay, afrikaliklar, avstraliyaliklar, ozarboyjon, turk, olmon, yunon, farang, arab, ingliz, ispan, amerika, eron, yapon, vyetnamliklar, koreys, hind, godlland, daniyalik, islandiyalik va boshqa ko‘plab mamlakatlar shoirlari va nosirlarining nasri, sheʼrlari va balladalari chop etilgan va chop etilishini kutib turibdi.

Kitoblar

1984

1984 (2021)

Molxona

Molxona (2019)