Komiljon Sultonov *
1965 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 1989 yil Qarshi Davlat pedagogika institutining tarix fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Komiljon Sultonov 2016 yilda Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligi bayrami munosabati bilan “O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Uning “Sohibqiron Amir Temur va mustaqil O‘zbekiston” risolasi, “Amir Temurga munosib vorislar”, “Amir Temurning siyosiy, huquqiy va ma’naviy- ma’rifiy qarashlarining milliy o‘zlikni anglashdagi ahamiyati” nomli kitoblari nashr etilgan. 40 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalari Xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari materiallarida chop etilgan hamda mahalliy ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan. Komiljon Sultonovning “Amir Temurga munosib vorislar” asari 2016 yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi va Temuriylar tarixi Davlat muzeyi hamkorligida o‘tkazilgan “Eng yaxshi badiiy-publisistik asarlar“ ko‘rik-tanlovi g‘oliblari safidan joy olgan.
Bugungi kunda I.M Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filialida “Ma’naviyat-ma’rifat” va yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritmoqda. Shu bilan bir qatorda, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazida mustaqil tadqiqotchi sifatida “Amir Temur va temuriylar davlatchiligida jamiyat va siyosiy hokimiyat munosabatlari legitimligi” mavzusida siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa fanlari doktori (RIV) bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Поделиться с друзьями в соцсетях