Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Qozoqboy Yo‘ldoshev *

Qozoqboy Yo‘ldoshev

 

Qozoqboy Yo‘ldoshev, 1949-yil 9-mayda Sirdaryo viloyatida tug‘ilib, 1956-1966-yillarda Boyovut tumanidagi 8-o‘rta maktabda o‘qigan. 1966-1970-yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi Sirdaryo Davlat Pedagogika institutining o‘zbek filologiyasi fakultetini imtiyozli bitirgan.

1970-1977-yillarda Guliston tumanidagi 1- va 15-maktablarda til va adabiyot o‘qituvchisi, 1977-1979-yillarda 9-hunar texnika bilim yurtida o‘quv bo‘limi mudiri, direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

1980-1985-yillarda O‘zkompartiya Guliston raykomida instruktor, qishloq xo‘jalik xodimlari kasaba uyushmasi Guliston raykomi raisi, “Qizil tong” kolxozi parkomi kotibi lavzimlarida ishladi.

1986-1994-yillarda Guliston davlat universitetida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent, “Pedagogika va boshlang‘ich taʼlim metodikasi” kafedrasi mudiri, “O‘zbek filologiyasi” fakulteti dekani lavozimlarida mehnat qildi.

1994-yildan 1998-yilgacha Qori Niyoziy nomidagi O‘zbek pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bo‘lim mudiri, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 1998-yilning aprelidan 2000-yilning avgustigacha O‘zbekiston Milliy universiteti “O‘zbek filologiyasi” fakulteti dekani bo‘ldi. 2000-yildan 2005-yilgacha “Hozirgi o‘zbek adabiyoti” kafedrasi mudiri vazifasida xizmat qildi. 2005-yildan hozirga qadar “Matnshunoslik, milliy uyg‘onish davri va hozirgi o‘zbek adabiyoti” kafedrasi professori bo‘lib ishlaydi.

1985-yilda “O‘zbek sovet satirik hikoyalarida xarakter tasviri evolyug‘iyasi” mavzusida filologiya fanlari nomzodi, 1997-yilda esa “Yangicha pedagogik tafakkur va umumtaʼlim maktablarida adabiyot o‘qitishning ilmiy-metodik asoslari” mavzusida pedagogika fanlari doktori ilmiy darajalari uchun dissertatsiya yoqladi. 2000-yilda professor ilmiy unvonini olgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Hozirga qadar 35 kitob, 393 nomda ilmiy maqola chop ettirgan.