Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Lev Nikolaevich Tolstoy

Lev Nikolaevich Tolstoy

 

Lev Nikolaevich Tolstoy (1828.08.28, Tula guberniyasi Yasnaya Polyana qishlog’i – 1910.11.07, Lipetsk viloyati) – rus yozuvchisi. Rossiyadagi qadimiy dvoryanlar sulolasidan, graf. Qozon universitetining arab-turk va huquqshunoslik fakultetlarida o’qigan (1844 – 47). “Inson kamolotining to’rt davri” nomli avtobiografik asari (“Bolalik” – 1852, “O’smirlik” – 1852 – 54, “Yoshlik” – 1855 – 57) uning birinchi yirik asaridir.

Adibning “Urush va tinchlik” (1863 – 69) epopeyasi rus va jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam o’rin olgan. “Anna Karenina” (1870-yillar) va “Tirilish” (1889 – 99) romanlari ham alohida mavqega ega. “Iqrornoma” (1880), “E’tiqodim nimada?” (1884) asarlari, “Sevastopol hikoyalari” (1855) to’plami, “Kazaklar” (1863), “Ivan Ilichning o’limi” (1886), “Kreytser sonatasi” (1889), “Hojimurod” (1896 – 1904) qissalari, ayniqsa, e’tiborga loyiq.

Tolstoy “Tirik murda” (1890), “Baldan so’ng” (1903) kabi so’nggi asarlarida jamiyat va kishilar ruhiyatidagi ziddiyatlarni tasvir etgan.