Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mansurxo‘ja Xo‘jaev

Mansurxo‘ja Xo‘jaev

 

Mansurxo‘ja Xo‘jayev 1941 yil 15 fevralda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar Tulaboy mahallasida tug‘ilgan. Toshkent moliya institutini tamomlagan. 1987 yildan buyon Farg‘ona vodiysi o‘rmonchilik boshqaruvi raisi hamda bir vaqtning o‘zida Qo‘qon davlat o‘rmon xo‘jaligi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Mansurxo‘ja Xo‘jayev O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Uning «Shermuhammadbek qo‘rboshi», «Yashillik saltanati», «Yashil olam tilsimoti», «Qaytar dunyo», «O‘rmonnoma», «Qadrnoma», «Adolatga bag‘ishlangan umr», «Yer osti tilsimoti», «Aytmay deyman-u, bo‘lgan voqealar-da», «Inson orzusiga hali yetmagan», «Dang‘ara tilsimoti», «Qaytimi bor», «Turkiya bo‘ylab», «Aytsammi yo aytmasam?», «Uchinchi daryo» kabi kitoblari chop etilgan. “Do‘stlik”, «Fidokorona xizmatlari uchun» ordenlari va “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.

Turmush o‘rtog‘i Mayramxon Ibragimjonova bilan uch nafar farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazishgan.

Mansurxuja Xujayev 2020 yili vafot etgan.