Texnik ish tufayli saytda kitoblarni onlayn o'qish va ilova orqali o'qish funksiyasi vaqtincha ishlamaydi.

Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Matnazar Abdulhakim

Matnazar Abdulhakim
Haqiqiy ism va sharifingiz:

Matnazar Abdulhakimov

 

Matnazar Abdulhakim (Matnazar Abdulhakimov) 1948 yilning 20 fevralida Urganch tumanidagi Qorovul qishlog’ida tug’ilgan. 1972 yilda Rossiya Federatsiyasining Taganrog shahridagi pedagogika institutini bitirgan. Shundan so’ng Urganch tuman ro’znomasida bo’lim mudiri, qishloq maktabida o’qituvchi, 1982-1997 yillarda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limida adabiy maslahatchi bo’lib xizmat qilgan. 1997 yildan Xorazm Ma’mun akademiyasida ilmiy xodim bo’lib ishlagan.
Birinchi kitobi "Tiniq tonglar" 1984 yilda G’afur G’ulom nashriyotida chop etilgan. Shundan keyin "Fasllar qo’shig’i", "Qor qo’shig’i", "Mavj", "Yonimdagi daryolar", "Qorachiqdagi dunyo", "Oydinlik", "Bir quchoq gul", "Yolg’iz yaproq" kabi she’riy, "Iymon tuhfasi", "Yaldoni yoritgan nur", "Ikkinchi muallim saboqlari" kabi ilmiy hamda Shayx Najmiddin Kubro, Shayx Majdiddin Bag’dodiy, Paxlavon Maxmud, Mirzo Abdulqodir Bedildan tarjima, "Javzo tashrifi", "Azizlar anjumani" kitoblari nashrdan chiqqan. O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, "Ofarin" mukofoti sohibi.