Texnik ish tufayli saytda kitoblarni onlayn o'qish va ilova orqali o'qish funksiyasi vaqtincha ishlamaydi.

Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mirpo‘lat Mirzo *

Mirpo‘lat Mirzo

 

Mirpo‘lat MIRZO 1949 yil 20 avgustda Janubiy Qozog‘istonning Sayram qishlog‘ida tug‘ilgan.
U 1973 yili «Guliston» jurnalida e’lon qilingan ilk she’riy turkumi bilan adabiy jamoatchilik nazariga tushadi.
Uning birinchi kitobi 1975 yilda «Tong jilvasi» nomi bilan chop etildi. So‘ng qator she’riy to‘plamlari muxlislar qo‘liga borib etdi.
M.Mirzo she’riyatining jozibasi uning samimiyligidadir. Zotan, shoir tabiatni va inson ko‘nglidagi kechinmalarni o‘ziga xos ohanglarda kuylaydi. Ayni paytda, uning qalb harorati bilan yo‘g‘rilgan she’rlaridan o‘quvchi yangi tuyg‘ular, kutilmagan falsafiy xulosalar kashf etadi.
M. Mirzo tarjima sohasida ham katta ishlar qildi. Uning tarjimasida 300 nafarga yaqin jahonga mashhur shoirlar she’rlari o‘zbek tilida jarangladi. Shuningdek, V. Shekspirning «Yoz tuni g‘aroyibotlari», G. Lessingning «Donishmand Natan» pesalari Milliy teatrimizda sahnalashtirildi.
Mirpo‘lat Mirzo. B. Pasternak nomidagi (Rossiya) va «Alash» nomli (Qozogiston) xalqaro mukofotlar sohibi.