Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mirtemir

 Mirtemir

 

MIRTEMIR (Mirtemir Tursunov) 1910 yil 30 mayda Janubiy Qozog‘istonning Iqon qishlog‘ida tug‘ilgan.
Shoir 30-yillarda yozgan she’rlari hamda dostonlarida oddiy kishilar hayoti va mehnatini zakiylik bilan tasvirlaydi.
Mirtemirning «Qoraqalpoq daftari» turkumiga kirgan she’rlari va «Surat» nomli lirik qissasi o‘zbek she’riyatida alohida hodisa bo‘ldi.
Poeziyada o‘ziga xos uslub yarata olgan shoirning 70-yillarda yozgan «Onaginam», «Norbuvi», «Pattining hasratlari» kabi she’rlari o‘zbek poeziyasiga xalqchillik ruhini olib kirganligi bilan qadrlidir.
Shoir ijodida badiiy tarjima salmoqli o‘rinni egallaydi. A.Pushkin ertaklari, N.Nekrasovning «Rusiyada kim yaxshi yashaydi» asari, Sh.Rustavelining «Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon» eposi (M. Shayxzoda bilan hamkorlikda) uning tarjimasida o‘zbek poeziyasi xazinasidan munosib o‘rin olgan.
Mirtemir 1978 yil 21 yanvarda vafot etgan.