Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Iqbol Mirzo *

Iqbol Mirzo

 

Men 1967 yilning birinchi mayida Farg‘onaning Bag‘dod tumanidagi Qo‘shtegirmon qishlog‘ida tug‘ilganman. Qishlog‘imdan uchta ariq oqib o‘tadi. Shu ariqlarda cho‘milib, baliq ovlab ulg‘ayganman.
Hamqishloqlarim dehqonchilik, duradgorlik, temirchilik va qisman chorva bilan mashg‘ul. “Qo‘shtegirmon” nomi “Boburnoma”da bir necha joyda uchraydi. Shu bilan ham maqtanishim mumkin.
O‘qituvchilar oilasi bo‘lganidan, tabiiy, kitobga, adabiyotga alohida e’tibor qaratilardi. Esimda, beshinchida o‘qiyotganimda Sergey Eseninning “Zamin darg‘asi” (Ustoz Erkin Vohidov tarjimalarida) kitobini yod olganim uchun dadam mukofot tariqasida Qo‘qon shahriga tomoshaga olib borgandi.
O‘sha davrdagi vahimali hikoyalar ta’siridami, har qalay, xon O‘rdasi menga juda sovuq va omonat tuyulgan edi. Keyin mavlono Muqimiy uy muzeyiga kirib, tasodifan Charxiy domla bilan uchrashganimiz, u kishining ba’zi so‘zlari, jumladan, “she’r nonday tabarruk” deganlarini aniq-tiniq eslayman.
Men ilk bor tirik shoir bilan yuzma-yuz turardim, hayajonim zo‘rligidan duduqlanib, gapirolmay qolganim, dadamning xijolat bo‘lib kulgani, keyin erkalatib, siz hammadan zo‘r shoir bo‘lasiz, deb peshonamdan o‘pgani, kaftining harorati ham yodimda.
Hozir ham yaxshi shoirlar oldida hayajonim bor, buning sababi, azbaroyi adabiyotga hurmat-e’tiqodimdan. Bolaligim paxtaning qora mehnatida kechgan. Bugun o‘ylasam, naqadar shafqatsiz, adolatsiz kunlar bo‘lgan ekan. O‘sha rangsiz kunlarda ham she’r bilan ovunib, kitob bilan andarmon bo‘lib kulfatlarni sezmagan ekanman… Ilk mashqlarimni 7-8 yoshlarda tog‘am G‘ulom Abdulla ta’sirida yoza boshlaganman. Lekin ular shunchaki mashqlar edi, xolos. Rostakamiga, keyinroq, 20 yoshlarimda she’r yozadigan bo‘ldim. Bu jismoniy balog‘at bilan ham bog‘liq ekan-da…
Menga muhabbat qalam tutqazgan. Keyinroq bu tuyg‘u yurt ishqiga, vatan sevgisiga aylandi. Bir paytlar vatan mavzusida yozsang, kimdandir nimadir ta’ma qilayotgandek tuyularding. U kunlar ham o‘tdi. Tushundimki, shoir millat taqdiri uchun eng mas’ul shaxs ekan. Shoir o‘z xalqisiz hech kim emas, hech narsa emas. Shoir o‘z ixtiyori bilan o‘ziga dard yuqtiradigan tabibga o‘xshaydi.
Hamma yaxshi shoir-adiblarni va Muhammad Yusufni ustoz deb bilaman. Uning samimiyligi, chapaniligi yoqadi. O‘zi ham she’rlariga o‘xshardi: birovga yomonligi yo‘q, sodda odam edi. Agar shoir o‘z asarlariga o‘xshamasa, chinakam fojia, aslida, shu…
Kim nima desa, og‘zi o‘zida, Muhammad akachalik millatni, shu tuproqni sevgan odamni ko‘rmaganman.
Men shoirlar orasida yomon odamni uchratmadim. Ular ichida kayfiyat va muhit kishilari bor. Lekin yaqinroq borib, samimiyroq bo‘lsangiz, shoirning go‘zal qalbini ko‘rishingiz mumkin.
Odam ulg‘aygani sari muammolari, savollari ham ulkanlashib borarkan. Shu savollar kurashga, mas’uliyatga, ijod va yashashga undaydi.
Men ham shu qorako‘z, bag‘rikeng, oqibatli xalqni, ya’ni Sizni yaxshi ko‘raman. Xudo umr bersa, Sizning xizmatingizdaman.
Ehtirom bilan Iqbol Mirzo