Texnik ish tufayli saytda kitoblarni onlayn o'qish va ilova orqali o'qish funksiyasi vaqtincha ishlamaydi.

Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Muhabbat Yo‘ldosheva *

Muhabbat Yo‘ldosheva

 

Muhabbat Yo‘ldosheva 1964-yil 22-martda tug‘ilgan. 1981-yilda Toshkent viloyatidagi 16-o‘rta maktabni Oltin medal bilan, 1987-yilda Abu Rayhon Beruniy nomli Toshkent Politexnika institutini bitirgan.

Muhabbat Yo‘ldoshevaning fantastik hikoya va ertaklari o‘zbek, ingliz, serb, hind, bangla, koreys, qozoq, ukrain, belorus va rus tillariga tarjima qilingan. 2010-yilda Moskvada o‘tkazilgan I-Xalqaro Kichik proza tanlovida “Buyuk Sut daryosi” nomli ertak qissasi bilan qatnashib, Bolalar adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

2011-2014-yillar davomida 3ta badiiy film uchun ssenariy yozgan. 2013-yilda Janubiy Koreyada o‘tkazilgan O‘rta Osiyo mamlakatlari xalqlarining miflari, ertaklari va afsonalari asosidagi ssenariylar Xalqaro tanlovida “Qo‘hi-Qof shahzodasi” nomli badiiy film ssenariysi uchun 1-o‘rinni egallagan.

1999-2019-yillar davomida 400dan oshiq badiiy film va 20ta teleserialni o‘zbek tiliga o‘girgan.

Muhabbat Yo‘ldoshevaning birinchi kitobi “Kentavr” nomli fantastik hikoyalar to‘plami bo‘lib, u 1988-yilda nashrdan chiqqan. Shundan so‘ng “Buyuk sut daryosi” (2006), “Tungi xiyonat” (2012), “Prins strani Koxi-Kof” (Janubiy Koreya, 2013, ), “Great Dairy River” “Buyuk sut daryosi” (AQSH, 2017), “Great Dairy River” (“Amazon.com Inc” 2017), “Qaynona” (2017), “Yulduzlarni yutgan tun” (2017), “O‘gay ota” (2019), “Moy drug-oblako” (Janubiy Koreya, 2019), “나의구름친구”, “Mening bulut do‘stlarim” (Janubiy Koreya, 2019), “My Cloud Friends” kabi kitoblari nashr etilgan. Uning rus tilidan o‘zbek tiliga va o‘zbek tilidan rus tiliga qilgan tarjimasida o‘ndan oshiq kitoblar dunyo yuzini ko‘rgan bo‘lib, “Samoviy qotil” (detektiv, 2012), “O‘yla va boy bo‘l” (muallif: N. Xill, 2016), “XV-XVI asrlar kitob sanʼati durdonalarida Alisher Navoiy asarlari” (muallif: O.Vasilyeva, 2016), “Samoviy qotil” (detektiv, 2017), “O‘g‘ri ayol” (detektiv, “2017), “Advokat” (detektiv, “2017), “Chernaya kniga alximika” (muallif, B.Abdug‘afur, 2018), “Oltin meros” (N. Xillning “Bir yilda boy bo‘lish”, “Omad zinasi”, “Fikrlang va boying”, “Farovonlik sirlari”, “Boyish qoidalari” nomli kitoblari kiritilgan saylanma, 2018), “Uzbechka” (muallif: B.Abdug‘afur, 2020) shu jumladandir...