Texnik ish tufayli saytda kitoblarni onlayn o'qish va ilova orqali o'qish funksiyasi vaqtincha ishlamaydi.

Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Muhammadali Abduqunduzov *

Muhammadali Abduqunduzov

 

Muhammadali Abduqunduzov (14-iyul 1952, O‘zbekiston tumani Yaypan qishlog‘i) – O‘zbekiston (1997) va Qoraqalpog‘iston (2000) Respublikalari xalq artisti. Toshkent davlat san’at institutini tugatgan (1974). 1974–85 yil M. Uyg‘ur nomidagi Surxondaryo viloyat teatrida aktyor, 1986 yildan Hamza teatrida, 1996–98 yillar Madaniyat ishlari vazirining o‘rinbosari. 1998 yildan "O‘zbekteatr" ijodiy ishlab chiqarish boshqarmasining bosh direktori. Asosiy rollari: Ferdinand ("Makr va muhabbat"), Paratov ("Sepsiz qiz"), Ikrom ("Ufq"), Shokir ("Ko‘rmayin bosdim tikonni"), Samoviy kuch ("To‘maris"), Abdulla Qodiriy, Otabek ("Abdulla Qodiriyning o‘tgan kunlari"), Husayn Boyqaro ("Alisher Navoiy"), Akbar ("Zebunisso"), Naufal ("Muhabbat sultoni"), Umarxon ("Fig‘on"), Cho‘lpon ("Kunduzsiz kechalar") va boshqalar. Shuningdek ko‘pgina videofilmlarda o‘ynagan: Bobur ("Bobur"), Navoiy ("Layli va Majnun"), Sultonali ("Mehrobdan chayon"), Cho‘lpon ("Kecha va kunduz") va boshqalar. Ayniqsa uning ijrosidagi og‘ir, vazmin, chuqur o‘yga botgan, o‘tkir nigohli Bobur roli aktyor ijodida alohida o‘rin tutadi.