Muzaffar Ahmad *
Muzaffar Ahmad 1956 yil Amudaryo tumanining Mang’it shahrida tug’ilgan. 1977 yili Nizomiy nomidagi universitetning filologiya fakultetini tugatgan.
Rus, qozoq, turkman, tatar, qoraqalpoq tillaridan tarjima qiladi.
O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi (1996y).
Respublika gazeta va jurnallarida (“Sharq yulduzi”, “Jahon adabiyoti”, “Sog’lom avlod uchun”), nashriyot sohalarida xizmat qilgan. Asarlari rus, qoraqalpoq, qozoq tillariga tarjima qilingan. Adabiyot va tarjimonchilik sohasidagi xizmatlari uchun (2013y) “Do’stlik” ordeni bilan mukofotlangan.
Chop etilgan kitoblari:
1. Buyuk tadbirkorlar – 2010 yil.
2.
3.
4.
Tarjimalari. Turkman tilidan:
1. Maxtumquli. “Saylanma” 1995 yil.
2. Maxtumquli. “Elga yoydim nasihat” 2008 yil.
3. Maxtumquli. “Sevmisham seni” 2014 yil.
4. Mullanafas. “She’rlar va Tohir – Zuhra dostoni” 2010 yil.
5. Otajon Tog’on. “Begona - roman” 2015 yil.
Qozoq tilidan:
1. Nurg’ali Qadirboyev. “Ko’prik quramiz – hikoyalar” 2009 yil.
2. Sabit Do’sanov. “Yovshan isi – qissa va hikoyalar” 2006 yil.
3. Ersin Qo’ybaqar o’g’li. “Yoshligim – beboshligim” 2006 yil.
4. Abay. “Yorqin yulduz – she’rlar” 2015 yil.
5. Mekemboy O’marov. “Topishmoqlar” 2016 yil.
Qoraqalpoq tilidan:
1. Berdaq. “Tanlangan asarlar” 1998 yil.
2. Murodboy Nizanov. “O’zga sayyorada etti kun – hikoya va qissalar” 1995 y.
3. Minay xon Jumaniyozova. “Yashin bo’lmay yashay olmayman – she’rlar” 2014 y.
4. Gulnora Nurlepesova. “She’riy to’plam” 2014 yil.
5. Pariza Avezova. “Kundalik daftar – hikoyalar” 2013 yil.
6. Mehribongul Tojimurodova. “Bolalikning bir kuni ” 2011 yil.
7. Sharop Usnaddinov. “Shoirning yoshligi – roman” 2015 yil.
Поделиться с друзьями в соцсетях