Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Normurod Norqobilov

Normurod Norqobilov

 

Normurod NORQOBILOV, 1953 yil 7 iyunda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida tavallud topgan. 1982 yil Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakultetini bitirgan.

1987 yil uning “Zangori ko‘l” nomli ilk hikoyalar to‘plami chop etilgan. Shundan so‘ng “Unitilgan qo‘shiq” (1990), “Yuzma-yuz” (1993), “Sariq gul” (1996), “Paxmoq” (1997), “Temur g‘ori”, “Arazchi chumchuq” (1999), “Bekatdagi oq uycha” (2000), “Ovul oralagan bo‘ri”, “Jo‘shqin daryo” (2005), “Bo‘ron ko‘pgan kun” (2007) hikoya va qissalardan iborat to‘plamlari va “Dashtu dalalarda” (2009) romani nashr etilgan. Yozuvchining “Tog‘dagi yolg‘iz odam” (2011), “Amir Temur izidan” (2016) asarlari dunyo yuzini ko‘rgan. Adibning “Quyosh botmaydigan yurt”, “Shim yoxud xotinlar janjali”, “Belbog‘” kabi asarlari asosida ko‘p qismli videofilmlar yaratilgan. Bir qancha hikoya va qissalari rus, qozoq, belorus, qirg‘iz, tatar, arab, turk, xitoy va boshqa ko‘plab tillarga tarjima qilingan.

N. Norqobilov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxrli unvoni hamda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Kitoblar

Qoraquyun

Qoraquyun (2016)