Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Odil Yoqubov

Odil Yoqubov

 

Odil Yoqubov (1926 - 2009) O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1985), "Ulug‘bek xazinasi" romani uchun Respublika Davlat mukofoti sohibi. Mohir tarjimon, munaqqid, publisist. 1926 yilda Qozog‘iston Respublikasi Chimkent viloyati Turkiston tumani Qarnoq qishlog‘ida tug‘ilgan. 1951 - 1956 yillarda O‘rta Osiyo Davlat dorilfununi (hozirgi O‘zMU) filologiya fakultetida tahsil olgan. 1955 - 1959 yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, "O‘zbekfilm" kinostudiyasi va Respublika kinomatografiya qo‘mitasida bosh muharrir, G‘afur G‘ulom nashriyotida bosh muharrir o‘rinbosari (1970 - 1982), "O‘zbekiston adabiyoti va san’ati" gazetasining bosh muharriri (1982 - 1989) vazifalarida xizmat qilgan. Odil Yoqubov "Tengdoshlar"(1951), "Ikki muhabbat", "Chin muhabbat", "Aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi" (1956), "Yurak yonmog‘i kerak" (1957), "Olma gullaganda" (1960), "Bir feleton" (1961), "Muqaddas" (1963), "Qanot juft bo‘ladi" (1969), "Billur qandillar" (1975), "Ulug‘bek xazinasi" (1974), "Ko‘hna dunyo", "Diyonat" (1973), "Oq qushlar, oppoq qushlar" (1988) kabi asarlari o‘zbek adabiyotining durdona namunalari sifatida o‘quvchilar qalbidan chuqur joy olgan.
Odil Yoqubov 2009 yilda Toshket shahrida vafot etgan.