Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Odiljon Abduraxmanov

Odiljon Abduraxmanov

 

Odiljon Abduraxmanov (Odil Abdurahmon) 1943 yil 22 fevralda Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan. 1969 yilda Andijon davlat pedagogika institutini ona tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan.
Umumta’lim maktabining 9-sinfida o‘qiyotgan kezda uning “Rozim” nomli ilk she’ri “G‘uncha” jurnalida bosilgan. Yosh shoir ijodiga o‘shanda “Yuqori hosil” gazetasida shoir Po‘lat Abdulla oq yo‘l tilagan edi.
Harbiy xizmatni o‘tayotgan 1965-1967 yillari shoirning bolalar hayotidan hikoya qiluvchi “Quvnoq bolalar”, “Salom, quyosh” to‘plamlari chop etilgan edi. Shundan so‘ng tez orada Abdulla Oripov, Vosit Sa’dulla, Qudrat Hikmat, Safar Barnoev, Narimon Orifjonov kabi taniqli ijodkorlar nazariga tushdi.
Uning Rauf Tolib, Otayor, Sergey Makarov, Sergey Skachenkov singari bolalar shoirlari bilan do‘stlashuvi esa ijodida yangi bosqichlar bo‘lishiga turtki bo‘ldi. Shundan keyin uning ketma-ket “Oyga remont tusharmish”, “Quvnoq bolalar”, “O‘zbeklar yurti”, “Miltiq otilmadi”, “Azim kichik armiyasining xazinasi” kabi she’riy va nasriy to‘plamlari nashrdan chiqdi.
Odiljon Abduraxmanovning oxirgi yillarda kattalar uchun bir qator nasriy asarlari nashr etildi. “Oshiqlarga o‘lim yo‘q” qissasi, “Urush va qismat”, “Sen mening qo‘shig‘imsan” romanlari shular jumlasidandir.
Odiljon Abduraxmanov badiiy ijod bilan birga matbuot sohasida ham samarali faoliyat ko‘rsatdi. Uning muharrirligida “Oltin vodiy” gazetasi muxlislarni uzoq yillar xushnud etdi.
Uning 2020 yilda "Shamol qanday yashaydi" va "Belanchak" kitoblari nashr qilindi.