Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Omon Matjon

Omon Matjon

 

Omon MATJON 1943 yil 14 fevralda Xorazm viloyati Yangibozor tumanida tug‘ilgan.
She’rlari 1965 yildan e’lon qilina boshlagan. Ilk to‘plami - «Karvon qo‘ng‘irog‘i» 1973 yilda chop etilgan. So‘ng «Quyosh soati», «Yonayotgan daraxt», «Yarador chaqmoq», «Seni yaxshi ko‘raman», «Iymon yog‘dusi» singari kitoblari o‘quvchilar qo‘liga borib etgan.
Shoir she’rlarida voqelikni nozik his etgan holda uni badiiy ifodalash, muayyan hodisadan favqulodda xulosalar chiqarish, o‘zi tug‘ilib o‘sgan muhit koloritiga mos ifodalar topish ustuvorlik qiladi.
O. Matjon lirik she’rlar bilan birga lirik qissa va dramatik dostonlar ham yozdi. U «Haqqush qichqirigi»da Xorazm xalq afsonalari badiiy talqinini bergan bo‘lsa, «Gaplashadigan vaqtlar» she’riy qissasida istiqlol arafasidagi sho‘rolar mamlakati hayotininng ziddiyatli manzaralari va jarohatlarini o‘tli satrlarda inkishof etdi.
Shoir o‘zbek she’riyatiga Xorazm shevasiga xos so‘zlar va musiqiy ohanglarni olib kirdi, lirik she’riyatni epik unsurlar bilan boyitdi.