Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Ortiqboy Abdullaev *

Ortiqboy Abdullaev

 

Ortiqboy Abdullayev 1943-yil 22-mayda Toshkent viloyatining Xumson qishlog‘ida tug‘ilgan. 1966-yili ToshDU (hozirgi O‘zMU) ning filologiya fakultetini bitirgan. Maktabda ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi, “O‘zbekiston madaniyati” (hozirgi “O‘zbekiston adabiyoti va sanʼati”) gazetasida, “O‘zbekiston ovozi”, “Mehnat va turmush”, “Sharq yulduzi”, “Jahon adabiyoti” jurnali, “O‘qituvchi” nashriyotida bo‘lim mudiri, “Cho‘lpon” nashriyotida Bosh muharrir lavozimida ishlagan. “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoniga sazovor bo‘lgan. Filologiya fanlari nomzodi, 1980-yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi...

“Sheʼriyatning tiniq osmoni” (1979), “Ijodning qo‘sh qanoti” (hammuallif), (1981), “Qalbga ochilgan yo‘l” (1986), “Turkistonning qora kunlari” (2002), “Ona Vatan fidoyilari” (2004, 2012) kitoblari nashr etilgan. Vasiliy Yanning “Qo‘rg‘on uzra gulxanlar”, Najib Mahfuzning “Raqqosa Radonis”, Asturiasning “Senyor prezident” romanlari, Lev Tolstoyning “Dilnomalar, Xotiralar”ni tarjima qilgan. 300dan ortiq adabiy-tanqidiy maqolalari, tarixiy badialari, (Otashin shoir Maqsud Shayxzoda ijodi haqidagi) dolzarb maqolalari bosilgan.