Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Oybek

 Oybek
Haqiqiy ism va sharifingiz:

Oybek Muso Toshmuhammad o'g'li

 

OYBEK (Musa Toshmuhammad o‘g‘li) 1905 yil 10 yanvarda Toshkentda tug‘ilgan.
U ijodiy faoliyatini shoir sifatida boshlagan.
Adib umri davomida ko‘plab nasriy asarlar yaratdi. Uning «Kutlug qon» va «Navoiy» romanlari o‘zbek adabiyotidagi badiiy jihatdan eng yuksak asarlardan sanaladi.
Oybek she’riyatda «ko‘ngil lirikasi» ni yaratgan shoirdir. Uning «Chimyon daftari» turkumiga kirgan yurt tabiatining fusunkor tarovati va betakror ranglarini o‘ziga singdirgan she’rlari o‘zbek lirikasining shoh namunalariga aylangan.
Shoir bu she’rlari bilan o‘zbek she’riyatiga oybekona inja nafosatni olib kirdi.
O‘zbek poeziyasida yangi badiiy tafakkurning shakllanishida Oybekning xizmati kattadir. Shuningdek, u tarjimon sifatida ham faol ijod qilgan. Uning tarjimasidagi A. Pushkinning «Evgeniy Onegin» she’riy romani mudom sevib o‘qiladi.
Oybek og‘ir xastalikdan so‘ng 1968 yil 1 iyulda vafot etgan.