Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Oybek Xolmatov *

Oybek Xolmatov

 

Oybek Xolmatov Ilhomovich 1990-yil 10-may kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani “Qo‘shchinor” MFY Yangiqishloq (Eshonqishloq) qishlog‘ida tavallud topgan. 2007-yil Shahrisabz tumanidagi “Oybek” nomli 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabini, 2009-yil “Chorshanbe qishloq kasb-kunar kolleji”ni tamomlagan. 2011-2021-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining Tarix fakultetida bakalavr va magistratura yo‘nalishida tahsil olgan. Talabalik davrida yuzdan ortiq tarixiy mavzudagi ilmiy maqolalari, yuzga yaqin she’rlari respublika gazeta va jurnallarda e’lon qilingan. Jumladan: 2014-yilda “Qadimiy Shahrisabz tarixidan lavhalar”, 2015-yilda “Dilkash shahar tarixi” kitoblari nashr etilgan. 2016-2017-yillarda Shahrisabz tumanida arxeologik qidiruv va tadqiqot ishlarini olib borib, oltita qadimgi yodgorliklarni aniqlab, shu tadqiqot asnosida 2018-yilda “Shahrisabz arxeologiyasidan lavhalar” nomli ilmiy kitobini yaratadi. Shuningdek, “Baxtsiz sevgimizni baxtga eltaylik”, “Vafoni bilmagan bevafoginam” nomli she’riy kitoblari ham nashr etilgan. 2012-2018-yillarda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi qoshidagi “Onajonim she’riyati” to‘garagining faol a’zosi hisoblanib, 2019-yilda o‘tkazilgan “Iste’dodli yoshlar” festivali ishtirokchisiga aylanib, “Nazim silsilasi” to‘plamida o‘nga yaqin she’rlari nashr etilgan. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston liberal–demokratik partiyasi”ning faol a’zosi.hisoblanadi. Mehnat faoliyatini Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 299-maktabda tarix fani o‘qituvchiligidan boshlab, 2016-2017-yillar Shahrisabz shahridagi Amir Temur nomidagi moddiy-madaniy tarixiy muzeyida ilmiy xodim, 2018-2020-yillarda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida yoshlar yetakchisi, 2021-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akadimiyasida ilmiy xodim, 2022-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimida ishlab kelmoqda.

SEN KABI GO‘ZALMAS
Sen kabi go‘zalmas mening hayotim,
So‘zingdek dil tortmas bitgan bayotim.
Oshiqlaring ichra nochoru - g‘arib,
G‘ussaga hamohang qashshoq bisotim.

Sevgimni rad etma, men boyib ketay,
Ishqsiz yo‘qchilikka qoldirma jonim.
Senga yetishmoqlik etganda nasib,
Baxtga yo‘g‘rilardi har lahza onim.

UNUTOLMAYSAN
Hayot meni suymagan kabi,
Sen ham meni seva olmaysan.
Yuragingda nafrat, alanga,
Kunda qarg‘ab sira tolmaysan.

Sof sevgimni so‘zlarga solib,
Xotirangda qoldirganman iz.
Unitish ham kelmas qo‘lingdan,
Oshig‘ingni, baxti qaro qiz.

CHO‘KDIM
Beparvo nigohlar qa’rida cho‘kdim,
Suluv, go‘zallarning qoldim tilidan.
Beayib beayov ayladi ishg‘ol,
Panoh topa oldim nafrat dilidan.
Endi sevilmayman, men ham sevmayman,
Muhabbat bizlarga bo‘lar begona.
Beishq deb atashar ko‘nglimiz yarim,
Ishqning himmati-la bo‘ldik devona.

ISHQ UMMONI
Yutib yuborgudek lablari meni,
Nigohim bezovda bosadi qadam.
G‘uncha lab yanog‘in o‘pib ohista,
Bo‘sa olmaslikka yetmaydi chidam.
Hech bir lazzat yo‘qki bundan-da johil,
O‘zdan tonar bo‘ldim, so‘ng cho‘mdim o‘yga.
Sohili ko‘rinmas, cheksizdir ummon,
Izmiga bo‘ysundim, solar har ko‘yga.

MENSIZ
Mensiz yashayverar
Do‘stlarim shodon,
Sevganim sevilar tag‘in begumon.
Afsus, yaqinlarim to‘kilmas yoshi,
Lahzada dars ketar mehr bardoshi.
Ketish…
Unitilish…
Qaytmaslik takror,
Armonlar otashi ko‘ksimni yoqar.
Bu hayot bevafo, beshavqat azal,
Yaxshini xo‘rlabon
yomonga boqar.

O‘LIM YO‘Q
Yomonga o‘lim yo‘q, hamon yashyapman.
Musaffo kenglikdan olyapman nafas,
Ishqning hamlasidan qutildim omon,
Unmagan bo‘lsa-da, orzu va havas.
So‘ng hijron jabri-la ko‘ksimni tildim,
Faqat yomon bo‘lsa yasharkan, bildim.