Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Ozod Mo‘min *

Ozod Mo‘min

 

Ozod MO‘’MIN XO‘JA (Mo‘minov Ozod Po‘latovich) 12 noyabr 1952 yil Toshkentda tug‘ilgan. 1970 yil 169-maktabni tugatgan.
Shu yili Toshkent Davlat Universiteti fizika fakultetiga o‘qishga kirgan.
1975 yili oliy ma’lumot olib VNIIPromgazning O‘rta Osiyo filialida injenerlik faoliyatini boshladi. 1980 yildan to 1990 yilgacha O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Fizika-Texnika ilmiy-tekshirish institutiga o‘tib, ilmiy xodim sifatida faoliyat olib bordi. Tadqiqotlari asosida fizika-matematika fanlari nomzodi dissertasiyasini yoqladi. Katta iqtisodiy foyda keltiruvchi ixtirolari uchun “Sovet Ittifoqi ixtirochisi” medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu yillar davomida adabiyotga qiziqib fantastik hikoyalar bita boshladi. 1987 yilda “Xiyobondagi uch uchrashuv” fantastik hikoyalar to‘plami, 1989 yilda “Men – robot” kitobi, 1990 yilda “Eng dono ot” kitobi (tarjima asar) bosmadan chiqdi. Shu yillarda uning ayrim asarlari Rossiya, Ukraina va Qozog‘iston matbuotida tarjima qilinib nashr etildi.
1992 yilda “Buyuk Amir Temurning yoquti” tarixiy asari “Sharq yulduzi” jurnalida va 1993 yili alohida to‘plamda chop etildi.
1997 yilda “Bir yigit va uch qiz hangomasi” hajviy hikoyalari to‘plami bosmadan chiqdi.
2004 yilda “Sardor “Beshagachskiy” – toza o‘g‘ri” kriminal qissasi kitob holida chop etildi.
2006 yilda “Vahdat ul-haqoyiq” falsafiy traktati alohida kitob bo‘lib chiqdi.
2007 yilda O‘zbek adabiyotidagi birinchi kriminal trillerni chop etdi. Bu asar ““Oyjamol” choyxonasi” deb nomlangan.
2006 yildan O‘zbekiston tarixidagi noyob xislatli insonlar hayotiga qiziqib, ularni o‘rgana boshlagan va 2008 yilda buyuk Bahouddin Naqshbandning ustozi haqida “Hazrat Sayid Amir Kulol” nomli tarixiy voqeanomalar asarini yozib tugatdi. 2010 yilda boshqa bir buxorolik noyob inson haqida “Xo‘ja Muhammad Parron” deb nomlangan tarixiy voqeanomalar asarini bitdi. Bu asarlar 2012 yilda chop etildi.
2015 – 2019 yillarda “Buyuk Amir Temur yoquti” (tarixiy va fantastik asarlar to‘plami), “Koinot oqimlari” (fantastik roman, Ayzek Azimovdan tarjima),“Bir tomchi rahmat” (Abulhasan Haraqoniy haqida), “Mukofot va qasos” (falsafiy risola), “Shayx Zayniddin – olim va valiy” (tarixiy qissa) va “Men bilaman, sevaman seni” (she’riy to‘plam) kitoblari chop etildi.
Ozod Mo‘’min Xo‘ja 1991 yil O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasiga a’zo bo‘lgan.