Pardaboy Tojiboyev
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zosi, faxriy jurnalist Pardaboy Tojiboev 1946 yil Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani, Ko‘kgumbaz qishlog‘ida tug‘ilgan. 1970-yilda ToshDU (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini tugatgan. Samarqand va Jizzax viloyatlari radioeshittirish va televidenie qo‘mitalarida mas’ul lavozimlarda ishlagan. "O‘zbekiston ovozi", "Turkiston", "Mahalla" va "Hurriyat" respublika gazetalarining Jizzax viloyati bo‘yicha o‘z muxbiri bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan.
P.Tojiboev 1996 yilda O‘zbekiston teleradioeshittirish kompaniyasining Respublika mustaqilligining 5 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan "Mehring bilan yashaymiz Vatan" radiotanlovi g‘olibi bo‘lib, "Faxriy yorliq" bilan mukofotlangan. 2010 yil O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining "Yilning eng faol jurnalisti" sovrindori, 2012 yilda "Ekojurnalistika" respublika tanlovi g‘olibidir.
P.Tojiboev "Seni e’zozlaymiz tabiat", "Shonli yo‘l", "Ibratga aylangan umr" badiiy publisistik nashrlarining muallifi. Pardaboy Tojiboevning «Tulpor tongda kishnaydi», «San’at sandig‘ini ochgan san’atkorlar», «Bizdan rozimisan tabiat», «Biz kutamiz, lekin umr-chi?», «Uyg‘ondingmi kaftdagi urug‘», «Ko‘kgumbazim mening osmonim», «Aylanaver tegirmon toshi», «Ajdodlar nidosi - turnalar aks-sadosi», «Boychechaklar ochiladi qor ketib" nomli hikoyalar, esselar, publisistik ocherklar, shuningdek «Tog‘begining tog‘da aytgan qo‘shig‘i» nomli to‘plami siz o‘quvchilarga taqdim etilgan.
Поделиться с друзьями в соцсетях