Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Pirimqul Qodirov

Pirimqul Qodirov

 

Pirimqul Qodirov 1928 yil 25 oktyabrda Tojikiston Respublikasining Shahriston tumanidagi Kengko‘l qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘rta Osiyo universitetiti (hozirgi O‘zMU)ning Sharqshunoslik fakultetini tugatgan (1951). Dastlabki hikoyasi – “Studentlar” (1951), “Qadrim” (1961), “Erk” (1968), “Meros” (1974), “Akramning sarguzashtlari” (1974), “Yaayra institutga kirmoqchi” (1979), shuningdek, ma’naviy-axloqiy masalalarga bag‘ishlangan “Najot” (“Baxillar va botirlar”, 1980) qissalari nashr etilgan. “Uch ildiz” (1958), “Qora ko‘zlar” (1966), “Olmos kamar” (1976), “Yulduzli tunlar” (1979, ushbu asarning davomi “Avlodlar davoni” 1989), “Ona lochin nidosi” (2000) kabi romanlar muallifi. O‘zbek tili va adabiyotining ilmiy-nazariy masalalariga oid risolalar (“Til va dil”, 1972 va boshqa) hamda 2 jildli “Adabiyot nazariyasi” uchun “Adabiy asarning tili” va “Adabiy jarayon” boblarini yozgan. “Qadrim” qissasi asosida “Sening izlaring” badiiy filmi, “Yulduzli tunlar” romani va “Jon shirin” hikoyasi asosida ko‘p seriyali videofilmlar suratga olingan. Pirimqul Qodirov 2010 yil 21 dekabr kuni Toshkent shahrida vafot etgan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1978). O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1981). O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1988). “El-yurt hurmati” (1998), “Shuhrat” medali (1994), “Buyuk xizmatlari uchun” (2006) ordenlari bilan mukofotlangan.