Ra’no Tolipova *
Tolipova Ra’no To‘raxonovna – pedagogika fanlari doktori, professor, 60 yillik pedagogik stajga ega: umumta’lim maktablarning boshlang‘ich sinfidan boshlab, ta’limning hamma pog‘onalarida ishlagan. 22 yil ikkita ilmiy-metodik jurnalga «Преподавание языка и литературы» va «Til va adabiyot ta’limi» jurnallariga bosh muharrirlik qilgan.
U butun umri davomida bitta muammo – rus va o‘zbek tillarini ikkinchi til sifatida o‘qitishda kommunikativ metodikasining amaliy-ma’noviy hayotga tatbiq etish bilan shug‘ullangan. Bu tamoyil asosida ikkita dasturlar majmuasi “Программы обучающие русскому языку как неродному в системе непрырывного образования в Узбекистане” hamda “Uzluksiz ta’lim tizimida o‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish” dasturlarini tuzdi. Ularning har bittasi to‘rtta dasturdan iborat: umumta’lim maktablari uchun, kollej va litseylar uchun, oliy ta’limning nofilologik fakultetlari uchun, til o‘qitish metodikasidan o‘qituvchilar malakasini oshirish kurslari uchun. Bu dasturlar asosida Ra’no To‘raxonovnaning birinchi muallifligida 10 ta (2-10-sinflar uchun) hamda 8 ta “O‘zbek tili” (2-9-sinflar uchun) darsliklar yaratilib ular 12 yil mobaynida asosiy darsliklar sifatida 4-11 marta 6ta eng yirik nashriyotlar tomonidan chop etildi. Darsliklarning umumiy hajmi 32 milliondan ortiq.
Bundan tashqari Tolipova yana 3ta mustaqil o‘rganuvchilar uchun va 1ta chet elliklar uchun kitob yozdi. Shuningdek, u 86ta kitob: lug’atlar, o‘quv va metodik qo‘llanmalar, testlar, yozuv daftarlari, boshqotirmalar va o‘quv filmining muallifidir…
Поделиться с друзьями в соцсетях