Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Rauf Parfi

Rauf Parfi

 

Rauf PARFI 1943 yil 27 sentyabrda Toshkent viloyati Sho‘ralisoy qishlog‘ida tug‘ilgan.
Uning ilk she’ri 1957 yilda bosilgan. Keyinroq «Sharq yulduzi»da e’lon qilingan she’rlari uni mashhur qilib yuboradi.
R. Parfi o‘tgan asrning 60-70-yillarida har bir chiqishi muxlislar yuragida hayrat va olqish uyg‘otgan shoirlar E.Vohidov va A. Oripovlar safidan o‘rin oldi.
Uning «Karvon yo‘li», «Aks sado», «Ko‘zgu», «Sabr daraxti» singari she’riy to‘plamlari o‘zbek she’riyatiga yangi ohang va yangi mazmun olib kirdi.
Rauf Parfi satrlari dilbar samimiyat va mashrabona falsafiy tuyg‘ular bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, ularda jahon she’riyatidagi yangi qirralar jilvalanadi.
Shoir she’rlari bir necha tillarga o‘girilgan. Ayni chog‘da o‘zi ham jahon shoirlaridan tarjimalar qilib, o‘zbek she’riyatini boyitdi.
Rauf Parfi 2005 yili 28 martda vafot etgan.

Kitoblar