Yayra Ubaydullaevna Sa’dullaeva
Sa’dullaeva Yayra Ubaydullaevna, 1934 yil 18 sentyabrda Toshkent shahrining Sebzor dahasida tavallud topgan.Avval, Narimonov nomli 15-maktabni, so‘ng Ulug‘bek nomli 16-maktabda o‘qigan. Uni kumush medal bilan tamomlagach, O‘rta Osiyo Davlat Universiteti (hozirgi Milliy Universitet)ning filologiya fakulteti, jurnalistika bo‘limiga o‘qishga kirgan.1958 yilda oliygohni tamomlagach, Respublika yoshlar gazetasi (“Yosh leninchi” hozirgi “Turkiston”)da adabiy xodim, 1960-1963 yillarda muharrir o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 1964-1971 yillarda “Gulxan” jurnaliga, 1971-1996 yillarda “G‘uncha” kichkintoylar jurnali bosh muharriri bo‘lib ishlagan.Yayra Sa’dullaeva bor mehrini kichkintoylarga qaratdi, ular uchun ijod qildi. Bolalarni jondan sevuvchi jamoani boshqardi, bolalar uchun hikoyalar, jajji qissalar yozdi. Ahloq-odobga oid risolalar, hajviyalar e’lon qildi.Uning “Hayotning bir varog‘i”, “Ona ko‘ngli”, “Kelinchak”, “Tom boshida tog‘ora” kitoblari Yoshlar tashkiloti mukofotga loyiq topilgan. 1979 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni bilan, 1994 yili mustaqil Vatanimizning ilk ordeni II-darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlangan.O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi.Uning yashash shiori xamon yoshligidagidek: “Tutab o‘tgan umrni umr demayman. Yashasin hayot alangasi!”Chop etilgan kitoblari: Hayotning bir varog‘i – 1967 yil, Ko‘zlari xumor – 1968 yil, Ona ko‘ngli – 1972 yil, Kelinchak – 1974 yil, Ayol qadri – 1975 yil, Tom boshida tog‘ora – 1975 yil, Yaltiroq xalqacha – 1975 yil, Qog‘oz qush – 1979 yil, Baxtli bo‘ling – 1980 yil, Zolotoe kolso – 1982 yil, Inson qadri – 1983 yil, Oltin baxtim – 1984 yil, Bekinmochoq – 1987 yil, Chip-chipjon – 2004 yil, Katta xovli – 2005 yil, Tanlab olgan novvotim – 2008 yil, Ayol yaratgan dunyo – 2005 yil, Yarashmagan yalla – 2010 yil, Ko‘chamizning bolalari – 2010 yil, Nurli va nursiz osmon – 2011 yil va boshqalar.
Поделиться с друзьями в соцсетях