Sirojiddin Sayyid
O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid 1958 yilda 30 oktyabrda Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi Kundajuvoz qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (2006), Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1979), “Toshkent oqshomi” (1980-89), O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” (1989-90; 1991-96) gazetalari va “Mushtum” jurnalida (1990-91) adabiy xodim, bo‘lim mudiri O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvida rais o‘rinbosari (2001-03), birinchi o‘rinbosari (2003) yildan), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi (2018) . Ilk she’rlar to‘plami – “Ruhim xaritasi”(1985). Shundan keyin uning “Salqin xarsanglar kaftida ” (1987), “Sevgi mamlakati” (1989), “Asragil”, Mehr qolur, muhabbat qolur” (1990), “Kuydim” (1994), “Vatanni o‘rganish” (1996)”Vatan abadiy) (2001), “So‘z yo‘li” Tanlangan asarlar. 2 jildli.(2008), “Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur...” (2011), “Bug‘doybo‘y Vatan” (2011), “Ochil, ey gul, ki bo‘ston vaqti bo‘ldi” (2014) boshqa to‘plamlari nashr etilgan. A. Voznesenskiyning “Mangu rizq” (1990) asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Uning asarlari Rossiya, Ozarbayjon, Turkiya, Koreya, Tojikiston va Turkmanistonda chop etilgan. Sayyid she’riyatida o‘zbek mumtoz she’riyati an’analari bilan birga xalq og‘zaki ijodiga xos xususiyatlar – xalqchillik, soddalik, tilining shiraligi, Surxondaryo shevasiga xos leksik va musiqiy tovlanishlar etakchilik qiladi. Shuning uchun uning aksariyat she’rlari ashulaga aylangan. Ayni paytda Sirojiddin Sayyid o‘z ijodida o‘zbek she’riyatining so‘nngi badiiy yutuqlarini o‘zlashtirgan holda hozirgi voqelikda va kishilarning ruhiy olamida yuz berayotgan o‘zgarishlarni aks ettirmoqda. “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.
Поделиться с друзьями в соцсетях