Texnik ish tufayli saytda kitoblarni onlayn o'qish va ilova orqali o'qish funksiyasi vaqtincha ishlamaydi.

Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Serobjon Yuldashev

Serobjon Yuldashev

 

1985 yil 16 fevral kuni Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi ishchilar oilasida tavallud topgan. 2003-2007 yillarda Farg‘ona davlat universitetini "Milliy istiqlol g‘oyasi, huquq va ma’naviyat asoslari" mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli ravishda bakalavr tugatgan. 2009-2011 yillarda O‘zbekiston Milliy universitetining "Ma’naviyat asoslari" mutaxasisligi bo‘yicha magistratura darajasini olgan. Mehnat faoliyati davomida "Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi" kafedrasi hamda "Fuqarolik jamiyati" kafedrasida o‘qituvchi va mustaqil izlanuvchi sifatida faoliyat olib bormoqda. "Jamiyatni ilmiy boshqarishda ijtimoiy-madaniy texnologiyalarning o‘rni" mavzusida falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (RhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya ustida ilmiy-amaliy izlanishlar olib bormoqda. Muallif tomonidan jami 50 ga yaqin, shu jumladan: 4 ta o‘quv-uslubiy ko‘rsatma, xorijda (AQSh, Germaniya, Rossiya kabi davlatlarda) 4 ta, ilmiy jurnallarda 6 ta, Respublika ilmiy-nazariy konferensiya materiallari va ilmiy-amaliy to‘plamlarda 30 dan ortiq tezis va maqolalari nashr qilingan.