Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Shavkat Bobomurod

Shavkat Bobomurod

 

Baxshi -shoir Shavkat Bobomurod 1976 yil 27 mayda Samarqand viloyati Nurobod tumanining G‘allakor qishlog‘ida tug‘ilgan. Shu qishloqdagi 26-maktabda o‘qigan. U 10 yoshlaridan she’rlar yoza boshlaydi. U ko‘p yillar cho‘ponlik kasbi bilan shug‘ullanadi. Lekin doim ijoddan boshini ko‘tarmaydi. Shu kungacha baxshi-shoirning “Kel dumbiram, yurtim madhin kuylaylik”, “Onajonginam”, “Yana bahor keladi”, “Dardlarim she’rda qoldi” kabi kitoblari nashrdan chiqqan. Yaqinda esa Amir Temur bobomizning hayotiga bag‘ishlangan “Sohibqiron Temurbek” nomli dostoni ham chop etildi. Bu doston baxshi - oqinlar ijrosiga mo‘ljallangan. Shavkat Bobomurodning bir qancha she’rlari ham respublikamiz san’atkorlari tomonidan qo‘shiq qilib kuylanmoqda . Baxshi - shoir ayni kunlarda Nurobod tumani madaniyat bo‘limiga qarashli 4-son madaniyat markazida “Baxshichilik to‘garagi” ning rahbari bo‘lib ishlamoqda.

Kitoblar