Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Tohir Yo'ldoshev

Tohir Yo'ldoshev

 

Yo‘ldoshev Tohir Sobirovich 1961 yil 8 iyunda Farg‘ona shahrining Yormozor qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning o‘quvchilik davrlaridayoq adabiyotga bo‘lgan mehrining qaynoqligi sezilgan. Shu bois, ko‘plab shoir va yozuvchilarning asarlarini qunt bilan o‘rgana boshladi. Borib-borib esa, nasr yo‘nalishi bo‘yicha qalam tebratishga hissiy ishtiyoq paydo bo‘ldi. Mana shu qiziqish FarDUning o‘zbek filologiyasida tahsil olishiga va o‘z ustida ishlab-izlanishiga katta yo‘l ochdi. Mashqlari shahar, viloyat va respublika matbuotlarida bosilib chiqdi.
Ko‘plab tanlovlar g‘olibi. Jumladan, 2019 yil O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda ikki qissasi “Yilning eng yaxshi asari” deb topilib, “Adib va jamiyat” ruknida “Ikki o‘t orasi” nomli kitobi chop etildi. Mustaqillik bayramining 29 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan nasr yo‘nalishi bo‘yicha nominasiyada yuqori o‘rinni egalladi.

Kitoblar