Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Umarxon Malhamiy

Umarxon Malhamiy
Haqiqiy ism va sharifingiz:

Ahmad

 

Umarxon MALHAMIY (Umarxon Ahmad MALHAMIY) 1940 yil 23 iyulda turfa gullar makoni bo'lmish Namangan shahrining Sardoba dahasida tavallud topgan.

U Toshkent farmasevtika institutini hamda Toshkent madaniyat institutining jurnalistika fakultetini bitirgan. Kasbi dorishunos. Malhamiy tahallusi shunga ishoradir.

Ijodkorning she'rlari vaqtli matbuotda 1980–1990 yillarda muntazam e'lon qilinib "Oltin belanchak", "Boychechak" almanaxlarida chop etilgan. 1992 yilda O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf muharrirligi ostida "Zebosan", 1996 yilda "Dildasiz", 1999 yilda G'. G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyotida "Qalbimga quloq sol", 2000 yilda "Namangan" nashriyotida "Bormisan muhabbat", "O'g'limga nasihat", 2010 yilda "Yangi asr avlodi" nashriyotida "Ota sabog'i" - saylanmasi kitobxonlar javonidan va yuragidan joy olgan. Umarxon Ahmad Malhamiy adabiyot bo'stonida o'zining kamtarona qalamini tebratib ijod qilib kelmoqda.