Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Usmon Nosir

Usmon Nosir

 

Usmon NOSIR 1912 yil 13 noyabrda Namanganda tug‘ilgan. Go‘dakligida otasidan etim qolib, o‘gay ota qo‘lida tarbiyalanadi.
Usmon Nosir 30-yillar boshlarida o‘zbek she’riyatiga chaqmoq bo‘lib kirib keldi. Qisqa vaqt ichida uning 4 she’riy to‘plami chop etiladi. Ushbu to‘plamlarga kirgan «Monolog», «Yurak», «Yana she’rimga», kabi she’rlar o‘sha davr o‘zbek she’riyatining eng sara namunalaridan bo‘ldi.
«Naxshon» dostoni otashin shoirning liroepik janrlarda ham etuk asarlar yaratishi mumkinligini namoyish etdi.
Usmon Nosir ijodida tarjima, ayniqsa, muhim o‘rin egallaydi. U A. Pushkinning «Boqchasaroy fontani», M. Lermontovning «Demon» dostonlarini yuksak mahorat bilan o‘zbek tiliga o‘girdi.
1937 yili shoir ijodiy faoliyatining 10 yilligi va tavalludining 25 yilligi tantanali nishonlanadi.
Ko‘p o‘tmay, u «xalq dushmani» sifatida hibsga olinib, Uzoq Sharq qamoq lagerlariga yuboriladi.
Usmon Nosir o‘sha erda 1944 yil 9 martda vafot etgan.