Xudoyberdi To‘xtaboyev
Xudoyberdi To‘xtaboev (1932.17.12) — O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1991). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1982). Qo‘qon ped. bilim yurtini (1949), O‘rta Osiyo untini tugatgan (1955). O‘rta maktabda o‘qituvchi va direktor (1955— 58), „Toshkent haqiqati“ gaz.da adabiy xodim, bo‘lim mudiri (1958— 62), „Sovet O‘zbekistoni“ (1962—70) gaz., „Guliston“ jur. da (1970—72), „Yosh gvardiya“ nashriyotida (1972) bo‘lim mudiri va bosh muharrir o‘rinbosari (1974— 76), „Gulxan“, „Yosh kuch“ jur.larida bosh muharrir (1977— 80), „Oltin meros“ xalqaro xayriya jamg‘armasi boshqaruvi raisi (1980—1998). Dastlab jurnalist sifatida tanilgan, feletonlar yozgan. Badiiy ijod bn 20-a. 50-yillarida shug‘ullana boshlagan. Ilk hikoyalar to‘plami — „Shoshqaloq“ (1961). „Feletondan keyin“ (1962), „Sir ochildi“ (1963), „Sehrli qalpoqcha“ (1964) singari qissalari, „Muhabbat qo‘shig‘i“ (1967), „Jonginam, shartingni ayt“ (1969), „Konizar yulduzlari“ (1978), „Omonboy bn Davronboy sarguzashti“ (1974) va boshqa asarlar muallifi. „Sariq devni minib“ romani (1968) yozuvchiga katta shuhrat keltirgan. Shundan keyin „Sariq devning o‘limi“ (1973), „Besh bolali yigitcha“ (1976), „Qasoskorning oltin boshi“ (1981), „Yillar va yo‘llar“ (1983), „Shirin qovunlar mamlakati“ (1986), „Mungli ko‘zlar“ (1988), „Jannati odamlar“ (1996) romanlari nashr etildi. T. asarlari yumorga boyligi, bolalar hayoti, ularning o‘ziga xos tabiati, xususiyatlari, ruhiy kechinmalari nihoyatda jonli, qiziqarli va bolalarbop yosinda mahorat bn tasvirlanishi jihatidan ajralib turadi. T. o‘zbek bolalar adabiyotini jahon miqyosiga olib chiqqan ijodkorlardan biridir. Asarlari dunyoning ko‘pgina tillariga tarjima qilingan. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).
O‘zbek bolalar yozuvchisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboev 2021 yil 21 mart kuni 89 yoshida vafot etdi.
Поделиться с друзьями в соцсетях