Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Yakub Djan Xodja

Yakub Djan Xodja

 

Yakub Djan Xodja (Yakubdjan Xodjaev) 1935 yil 27 noyabr kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent Davlat (hozirgi O‘zbekiston milliy) universitetini tamomlagan. 1963 yil uning bolalar uchun birinchi «Gnomi-ka sarguzashtlari» nomli poetik she’riy to‘plami chop etilgan. Shundan so‘ng uning «Jelezniy malchishka» (“Temirdek o‘g‘il bola”), «Severniy gost» (“Shimoliy mehmon”), «Volshebnik iz nashego doma» (“Bizning uyimizdagi sehrgar ”) va boshqa asarlari birin-ketin chop etilgan.

Muallif o‘zining ko‘plik yillik ijodiy faoliyatini jurnalistika sohasiga bag‘ishlagan. O‘quvchilar doirasida tashkil etilgan ko‘plab uchrashuvlar, yoshlar bilan bo‘lgan samimiylik yozuvchini qator sarguzashtli hikoya va povestlar yozishga ilhomlantirdi. Shu davrda yaratilgan asarlardan ayniqsa «Iskatel priklyucheniy – Vundergay» (“Sarguzashtlar izlovchi Vundergay”), «Uschele spyaschego drakona» (“Uxlayotgan ajdarhoning tog‘ darasi”) asarlari hamda «Pro vse, kak bilo» (“Bularning hammasi qanday bo‘lgan”) nomli biografik povesti kitobxonlar tomonidan maxsus e’tirofga sazovor bo‘lgan. Uning asarlariga turli mukofotlar berilgan.
Shuningdek yozuvchining ijodida taniqli shoirlarning she’rlarini tarjimasi ham alohida ahamiyatga ega. Uning bir qator pesalari qo‘g‘irchoq teatri va televidenieda sahnalashtirilgan.

Yakub Djan Xodja – Bolgariyada tashkil etilgan xalqaro bolalar teatri festivalining ishtirokchisi. Uning asarlari dunyo xalqlarining turli tillariga tarjima qilinib, bolalar va o‘smirlarning maktab dasturlariga kiritilgan.