Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Abduqayum Yo‘ldoshev *

Abduqayum Yo‘ldoshev

 

Abduqayum Yo‘ldoshev — 1962-yil 28-fevralda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. 1979-yili Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanidagi 7-maktabni oltin medal bilan bitirgan.

1980-1985-yillari Toshkent politexnika institutida (hozirgi Texnika universiteti) o‘qigan. 1985-1990-yillari Toshkent elektromexanika zavodida injener-texnolog bo‘lib ishlagan.

1990-yildan boshlab “Sirli olam”, “Qalb ko‘zi”, “Yoshlik”, “Hurriyat”, “Mohiyat”, “XXI asr” singari gazeta-jurnallarda ishlab kelmoqda. Ayni paytda “Adolat” gazetasida xizmat qiladi.

1993-yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. 1999-yili “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. 2016-yili «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» unvoni berilgan.

R.Bredberi, A.Kristi, F.Braun, Jerom K. Jerom, E.Potter hikoyalarini, E.Berezikovning “Buyuk Temur” romanini (H.Shayxov bilan hamkorlikda), P.Shermuhamedovning “Buyuk Xorazmiy” romanlarini rus tilidan o‘zbekchaga tarjima qilgan.

“Kichkina odamlar”, “Uqubat”, “Iqtidor”, “Vijdon”, “Qadamlar”, “Nigoh”, “Burch va muhabbat”, «Ustyurtga yo‘l», “Tinchlik ortida”, “Opa” badiiy filmlarining, “Hayot jilg‘alari”, “Sinov”, “Odamlar orasida”, “Ona daryo” seriallarining ssenariy muallifi.

«Puankare» hikoyasi asosida O‘zbek davlat drama teatrida “Hayot formulasi” (“Daho”) nomli spektakl sahnalashtirilgan (2013-yil). Respublika Yosh tomoshabinlar teatrida “Zalolat” (Shuhrat Rizayev bilan hammualliflikda) spektakli sahnalashtirilgan. (2015-yil).

CHOP ETILGAN KITOBLARI:

1. Qaro ko‘zim. Shayx ur-rais. (fantastik hikoyalar), “Yosh gvardiya” nashriyoti, 1990 y. Abdurahmon Karimov bilan hamkorlikda.

2. Sunbulaning ilk shanbasi. (qissa), “Yozuvchi” nashriyoti, 1998 y.

3. Timsohning ko‘z yoshlari. (qissalar), “Yangi asr avlodi” nashriyoti, 2003 y.

4. Parvoz. (hikoyalar), “Yangi asr avlodi” nashriyoti, 2004 y.

5. Bir tun va bir umr. (hikoya va qissalar), “Yangi asr avlodi” nashriyoti, 2007 y.

6. Sunbulaning ilk shanbasi. (qissa), “Sharq” NMAK, 2008 y.

7. Alvido, go‘zallik. (qissa va hikoyalar), “O‘zbekiston” NMIU, 2011 y.

8. Bankir. (roman), “Tafakkur qanoti” nashriyoti, 2012 y.

9. Katta o‘yin. (qissa), “Dizayn-Press” MCHJ nashriyoti, 2013y.

10. Puankare. (Hikoyalar, qissa, suhbat), «Akademnashr» nashriyoti, 2014 y.

11. Bu dunyoda moʻjizalar bor. (Sheʼrlar, balladalar, dramatik doston), “Tafakkur” nashriyoti, 2015 y.

12. Hali vaqt bor... (Qissa va hikoyalar), «IJOD-PRESS» nashriyoti, 2016 y.

13. Daryo. (roman), “Yangi asr avlodi”, 2017 y.

14. Daryo. (roman), G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2017 y. (“Sharq yulduzi” jurnali kutubxonasi” turkumida)

15. Osmon og‘ushi. (qissalar va hikoyalar), G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2018 y. (“Zamonamiz qahramoni” ruknida)

16. Puankare. (Hikoyalar, qissa, suhbat), «Akademnashr» nashriyoti, 2019 y. (qayta nashr).

17. Sahrodagi muhabbat. (qissa va hikoyalar), Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2019 y. (“Adib va jamiyat” ruknida)

18. Qaydasan, moʻjiza... (qissa va hikoyalar), G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2019 y. (“Besh tashabbus – besh kitob” ruknida)

19. Ishq afsunlari. (muhabbat qissalari) Toshkent, “Yangi asr avlodi” NMM, 2019-yil.