Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Zohir A'lam

Zohir A'lam

 

Zohir A’LAM 1943 yili Toshkentda tug‘ilgan.
Maktabni tugatgach, kunduzlari Toshkent traktor zavodida ishlab, kechqurunlari Toshkent Davlat Universitetida tahsil oladi.
"O‘zbekiston" nashriyotida, "Sharq yulduzi" jurnalida faoliyat ko‘rsatgan.
"Baxtli bilet" nomli kitobi 1972 yilda, "BAM ufuqlari" nomli ocherk va hikoyalar majmuasi, "Muqaddima" qissasi 1978 yilda yaratildi. 1981 yilda "Kiyik ko‘zi" hikoyalar to‘plami, 1987 yilda "Afandining qirq bir pashshasi" nomli qissasi, "Buxorodagi birinchi namoz", "Ota o‘gitlari", "Zarb" kabi asarlari nashr qilingan.
U tarjimon sifatida ham ko‘plab asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Bular orasida S. Zaliginning "Komissiya" romani ajralib turadi.
"Afandining qirq bir pashshasi" asari o‘zbek, rus, bolgar tillarida sahnalashtirilgan va uning asosida badiiy film ham ishlangan, shuningdek mazkur asar maktab darsliklaridan ham joy olgan.