Endi Siz sotib olgan kitoblaringizni yuklab olishingiz shart emas!
E'tibor bering: hozirda bizning saytimizda sotib olingan elektron kitoblar uchta usulda o'qilishi mumkin:
mobil-ilova orqali, Windows-ilovasi orqali va saytdagi onlayn-o'quvchi orqali. Батафсил -->

Zulfiya Isroilova

Zulfiya Isroilova

 

Zulfiya Isroilova (1915 – 1996) O‘zbek xalqining sevimli adibasi, O‘zbekiston xalq shoiri. 1915-yil 1-martda Toshkentda tug‘ilgan. 1938 – 1948 –yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, O‘zbekiston Davlat nashriyotida bo‘lim boshlig‘i, 1950 – 1953-yillarda “O‘zbekiston xotin-qizlari” (“Saodat”) jurnalida bo‘lim boshlig‘i, 1953 – 1980-yillarda esa bosh muharrir bo‘lib ishlagan. “She’rlar” va “Qizlar qo‘shig‘i” (1938) kabi poetik asarlari, ikkinchi jahon urushi davrida “Úni Farhod der edilar’’ (1943), “Hijron kunlarida” (1944) kabi to‘plamlarining nashr etilishi adibaning peshqadam shoirlar qatoriga dadil kirib kelayotganidan nishona edi. “Dalada bir kun” (1948), “Tong qo‘ig‘i” (1953), “Men tongni kuylayman”, “Yuragimga yaqin kishilar” (1958), “Kuylarim sizga” (1965), “So‘roqlaydi shoirni she’rim” (1960), “Oydin” (1953), “Mushoira” (1958), “Quyoshli qalam” (1967) kabi to‘plamlari esa shoira ijodining gultoji hisoblanadi. “Uylar”, “Shalola” kabi she’riy majmualari uchun Davlat mukofoti sovrindori bo‘iga