Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Zulxumor Mirzayeva

Zulxumor Mirzayeva

 

Mirzayeva Zulxumor Inomovna Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida tug‘ilgan.

Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) o‘zbek filologiyasi fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlab, mazkur fakultetning aspirantura bo‘limiga o‘qishga kirgan. 2007 yilda “O‘zbek jadid adabiyotining Amerikada o‘rganilishi” mavzuida nomzodlik va 2017 yilda “XX asr o‘zbek adabiyotining Amerikada o‘rganilishsi” mavzuida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

“Dengiz-u ummon osha” (2010), “XX asr o’zbek adabiyotining Amerikada o‘rganilishi” (2011, 1- kitob; 2017, 2-kitob), “XX asr o‘zbek adabiyotining xorijiy tadqiqotchilari” (2016) kabi risola va monografiyalari, Ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun ikki qismdan iborat “Key to Success” (K. Jalilov bilan hamkorlikda) o‘quv qo‘llanmalari muallifi. 100dan ortiq ilmiy, adabiy-tanqidiy maqolalari va tarjimalari yurtimizning nufuzli gazeta va jurnallarida, Amerika, Angliya, Fransia, Moskva, Ruminiya, Koreya, Hindiston, Pokiston, Turkiya, Ozarbayjon, Tatariston kabi mamlakatlarning yirik to‘plamlarida, yetakchi jurnallarida chop etilgan. Bir qancha mahalliy va xalqaro grantlar g‘olibi.

Hozirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.