Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Yo‘ldoshev Abduqayum

 

Abduqayum Yo‘ldoshev — 1962-yil 28-fevralda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. 1979-yili Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanidagi 7-maktabni oltin medal bilan bitirgan. 1980-1985-yillari Toshkent politexnika institutida (hozirgi Texnika universiteti) o‘qigan. 1985-1990-yillari Toshkent elektromexanika zavodida injener-texnolog bo‘lib ishlagan. 1990-yildan boshlab “Sirli olam”, “Qalb ko‘zi”, “Yoshlik”, “Hurriyat”, “Mohiyat”, “XXI asr” singari gazeta-jurnallarda ishlab kelmoqda. Ayni paytda “Adolat” gazetasida xizmat qiladi. 1993-yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. 1999-yili “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. 2016-yili «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» unvoni berilgan. R.Bredberi, A.Kristi, F.Braun, Jerom K. Jerom, E.Potter hikoyalarini, E.Berezikovning “Buyuk Temur” romanini (H.Shayxov bilan hamkorlikda), P.Shermuhamedovning “Buyuk Xorazmiy” romanlarini rus tilidan o‘zbekchaga tarjima qilgan. “Kichkina odamlar”, “Uqubat”, “Iqtidor”, “Vijdon”, “Qadamlar”, “Nigoh”, “Burch va muhabbat”, «Ustyurtga yo‘l», “Tinchlik ortida”, “Opa” badiiy filmlarining, “Hayot jilg‘alari”, “Sinov”, “Odamlar orasida”, “Ona daryo” seriallarining ssenariy muallifi. «Puankare» hikoyasi asosida O‘zbek davlat drama teatrida “Hayot formulasi” (“Daho”) nomli spektakl sahnalashtirilgan (2013-yil). Respublika Yosh tomoshabinlar teatrida “Zalolat” (Shuhrat Rizayev bilan hammualliflikda) spektakli sahnalashtirilgan. (2015-yil). CHOP ETILGAN KITOBLARI: 1. Qaro ko‘zim. Shayx ur-rais. (fantastik hikoyalar), “Yosh gvardiya” nashriyoti, 1990 y. Abdurahmon Karimov bilan hamkorlikda. 2. Sunbulaning ilk shanbasi. (qissa), “Yozuvchi” nashriyoti, 1998 y. 3. Timsohning ko‘z yoshlari. (qissalar), “Yangi asr avlodi” nashriyoti, 2003 y. 4. Parvoz. (hikoyalar), “Yangi asr avlodi” nashriyoti, 2004 y. 5. Bir tun va bir umr. (hikoya va qissalar), “Yangi asr avlodi” nashriyoti, 2007 y. 6. Sunbulaning ilk shanbasi. (qissa), “Sharq” NMAK, 2008 y. 7. Alvido, go‘zallik. (qissa va hikoyalar), “O‘zbekiston” NMIU, 2011 y. 8. Bankir. (roman), “Tafakkur qanoti” nashriyoti, 2012 y. 9. Katta o‘yin. (qissa), “Dizayn-Press” MCHJ nashriyoti, 2013y. 10. Puankare. (Hikoyalar, qissa, suhbat), «Akademnashr» nashriyoti, 2014 y. 11. Bu dunyoda moʻjizalar bor. (Sheʼrlar, balladalar, dramatik doston), “Tafakkur” nashriyoti, 2015 y. 12. Hali vaqt bor... (Qissa va hikoyalar), «IJOD-PRESS» nashriyoti, 2016 y. 13. Daryo. (roman), “Yangi asr avlodi”, 2017 y. 14. Daryo. (roman), G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2017 y. (“Sharq yulduzi” jurnali kutubxonasi” turkumida) 15. Osmon og‘ushi. (qissalar va hikoyalar), G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2018 y. (“Zamonamiz qahramoni” ruknida) 16. Puankare. (Hikoyalar, qissa, suhbat), «Akademnashr» nashriyoti, 2019 y. (qayta nashr). 17. Sahrodagi muhabbat. (qissa va hikoyalar), Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2019 y. (“Adib va jamiyat” ruknida) 18. Qaydasan, moʻjiza... (qissa va hikoyalar), G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2019 y. (“Besh tashabbus – besh kitob” ruknida) 19. Ishq afsunlari. (muhabbat qissalari) Toshkent, “Yangi asr avlodi” NMM, 2019-yil.

Yorqin Jahongir

Tugildi:

15 sentyabr 1993 yil

 

Jahongir Yorqin (Yorqulov) 1993 yil 15 sentyabr kuni Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida tug‘ilgan. 2018 yil Respublikamizda o‘tkazilgan “Yuksak ma’naviyatli avlod” tanlovida nazm yo‘nalishidan ishtirok etib, faxrli birinchi o‘rin sohibi bo‘ldi. 2014 yil “Qizg‘aldoqlarim” nomli ilk she’riy kitobi chop etilgan. Uning ilmiy va ommabop maqolalari hamda she’rlari matbuotlarda muntazam chop etilib kelinmoqda. Jahongir Yorqin hozirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Musiqa tarixi va tanqidi” kafedrasi talabasi bo‘lishi bilan bir qatorda R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik liseyida faoliyat yuritmoqda.

Yoriyev Bolta

Tugildi:

1 iyun 1941 yil

 

Bolta Yoriev - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi (1981), O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi (1972) a’zosi, filologiya fanlari nomzodi (1979), dosent (1994). “Bobotog‘ qo‘shiqlari” (1979), “Senga sevgi izhor qilgan kun” (1990), “Mehribon nigoh” (1998), “Alpomish va Normo‘min Suhrob” (1999), “Umidli dunyo” (2001), “Ko‘ngil ilinjlari” (2007), “Hayrat va g‘ayrat” (2008), “O‘zbek tili tarixi” (2006) va boshqa kitoblar muallifi.

Yoqubov M.S.

 

Ёқубов Миржалил Соатович 1942 йилда туғилган. Тошкент политехника институтини тамомлаган (1968й.). Тошкент темир йўл муҳандислари институтининг “Темир йўллар электр таъминоти” кафедраси доценти лавозимида ишлаб келмоқда. 1977 йилда номзодлик диссертациясини ҳимоя қилган, 1982 йилда унга катта илмий ходим, 1986 йилда эса доцент илмий унвони берилган. 90 дан ортиқ илмий ва илмий-услубий ишлар муаллифи...

Yoqubov Odil

Tugildi:

26 oktyabr 1926 yil

 

Odil Yoqubov (1926 - 2009) O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1985), "Ulug‘bek xazinasi" romani uchun Respublika Davlat mukofoti sohibi. Mohir tarjimon, munaqqid, publisist. 1926 yilda Qozog‘iston Respublikasi Chimkent viloyati Turkiston tumani Qarnoq qishlog‘ida tug‘ilgan. 1951 - 1956 yillarda O‘rta Osiyo Davlat dorilfununi (hozirgi O‘zMU) filologiya fakultetida tahsil olgan. 1955 - 1959 yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, "O‘zbekfilm" kinostudiyasi va Respublika kinomatografiya qo‘mitasida bosh muharrir, G‘afur G‘ulom nashriyotida bosh muharrir o‘rinbosari (1970 - 1982), "O‘zbekiston adabiyoti va san’ati" gazetasining bosh muharriri (1982 - 1989) vazifalarida xizmat qilgan. Odil Yoqubov "Tengdoshlar"(1951), "Ikki muhabbat", "Chin muhabbat", "Aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi" (1956), "Yurak yonmog‘i kerak" (1957), "Olma gullaganda" (1960), "Bir feleton" (1961), "Muqaddas" (1963), "Qanot juft bo‘ladi" (1969), "Billur qandillar" (1975), "Ulug‘bek xazinasi" (1974), "Ko‘hna dunyo", "Diyonat" (1973), "Oq qushlar, oppoq qushlar" (1988) kabi asarlari o‘zbek adabiyotining durdona namunalari sifatida o‘quvchilar qalbidan chuqur joy olgan. Odil Yoqubov 2009 yilda Toshket shahrida vafot etgan.

<< <    7 8 9 10 11 12 13    > >>