Texnik ish tufayli saytda kitoblarni onlayn o'qish va ilova orqali o'qish funksiyasi vaqtincha ishlamaydi.

Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Pasternak Boris

Haqiqiy ism va sharifingiz:

Boris Leonidovich Pasternak

 

Parfi Rauf

Tugildi:

27 sentyabr 1943 yil

Vafot etdi:

25 mart 2005 yil

 

Rauf PARFI 1943 yil 27 sentyabrda Toshkent viloyati Sho‘ralisoy qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning ilk she’ri 1957 yilda bosilgan. Keyinroq «Sharq yulduzi»da e’lon qilingan she’rlari uni mashhur qilib yuboradi. R. Parfi o‘tgan asrning 60-70-yillarida har bir chiqishi muxlislar yuragida hayrat va olqish uyg‘otgan shoirlar E.Vohidov va A. Oripovlar safidan o‘rin oldi. Uning «Karvon yo‘li», «Aks sado», «Ko‘zgu», «Sabr daraxti» singari she’riy to‘plamlari o‘zbek she’riyatiga yangi ohang va yangi mazmun olib kirdi. Rauf Parfi satrlari dilbar samimiyat va mashrabona falsafiy tuyg‘ular bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, ularda jahon she’riyatidagi yangi qirralar jilvalanadi. Shoir she’rlari bir necha tillarga o‘girilgan. Ayni chog‘da o‘zi ham jahon shoirlaridan tarjimalar qilib, o‘zbek she’riyatini boyitdi. Rauf Parfi 2005 yili 28 martda vafot etgan.

Parda Abdu

 

Abu Parda 1959 yili Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanidagi Mo‘minqul qishlog‘ida tug‘ilgan. “Yurt haqida qo‘shiqlar”, “Boychechaklar ochilar hali” va boshqa she’riy to‘plamlar muallifi.

Parda Abduhamid

Tugildi:

17 yanvar 1958 yil

 

Pardaev Abduhamid 1958 yilning 17 yanvar kuni Toshkent viloyati, Bo‘ka tumanida tug‘ilgan. Jurnalist, shoir, adabiyotshunos, tarjimon. Bir necha she’riy to‘plamlari, “Do‘stnoma” dostoni nashr qilingan. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostoni, Alisher Navoiyning barcha dostonlarini zamonaviy o‘zbek tiliga tabdil qilgan. F. Nitshening “Zardusht nidosi” asarini o‘zbek tiliga she’riy o‘girgan. R.Tagor, J.Bayron, J. Kits, A.Blok, I.Brodskiy kabi o‘nlab mashhur shoirlarning she’riy turkumlarini, shuningdek qator jahon adiblarining romanlari va qissalarini, taniqli faylasuflarning risolalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Toshkent shahrida yashaydi.