Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

O‘ljaboeva Nortosh Qurbonovna

 

O'zbekiston xalq tabobati Akademiyasi haqiqiy a'zosi, professor O'ljaboeva Nortosh Qurbonovna.

O‘g‘uz Yunus

 

Yunus O‘g‘uz - 1960 yilda Ozarbayjonning Shirvon shahrida tug‘ilgan. 1983 yilda Rostov Davlat universitetining falsafa fakultetiga o‘qishga kirib, uni 1988 yilda tamomlagan. Ozarbayjon Fanlar akademiyasida, matbuot roganlarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1994 yildan "Oloylar" (Habarlar) axborot agentligining bosh direktor va shu nomdagi gazetaning bosh muharriri vazifasida ishlab kelmoqda. Ko‘plab tarixiy, ilmiy, badiiy asarlar muallifi. Ayniqsa, "Nodirshoh" (2008), "Tahmasibshoh" (2009), "Amir Temur" (ikki jildlik: 1-jild "Yuksalish sari" 2011, 2-jild "Dunyoning hokimi" 2012) tarixiy romanlari jahonning qator tillariga tarjima qilingan.

Oynazar Ochildi

 

(Oynazarov) Ochildi Oynazar. Surxondaryo viloyati “Janub vaqti” gazetasi muharriri...

Oydinniso

Haqiqiy ism va sharifingiz:

Oydinniso Yo'ldosheva

 

Oydinniso (Yo‘ldosheva) 1980-yili Samarqand viloyatida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Sheʼriy va nasriy asarlari mamlakat nashrlarida muntazam bosilib kelmoqda. Tarjimon sifatida dunyo adabiyotining ko‘plab nodir namunalarini, jumladan Akutagava Ryunoske bir necha hikoyalarini va “Suvosti mamlakatida” qissasini o‘zbek tiliga o‘girgan.

Oybek

Haqiqiy ism va sharifingiz:

Oybek Muso Toshmuhammad o'g'li

Tugildi:

10 yanvar 1905 yil

Vafot etdi:

1 iyul 1968 yil

 

OYBEK (Musa Toshmuhammad o‘g‘li) 1905 yil 10 yanvarda Toshkentda tug‘ilgan. U ijodiy faoliyatini shoir sifatida boshlagan. Adib umri davomida ko‘plab nasriy asarlar yaratdi. Uning «Kutlug qon» va «Navoiy» romanlari o‘zbek adabiyotidagi badiiy jihatdan eng yuksak asarlardan sanaladi. Oybek she’riyatda «ko‘ngil lirikasi» ni yaratgan shoirdir. Uning «Chimyon daftari» turkumiga kirgan yurt tabiatining fusunkor tarovati va betakror ranglarini o‘ziga singdirgan she’rlari o‘zbek lirikasining shoh namunalariga aylangan. Shoir bu she’rlari bilan o‘zbek she’riyatiga oybekona inja nafosatni olib kirdi. O‘zbek poeziyasida yangi badiiy tafakkurning shakllanishida Oybekning xizmati kattadir. Shuningdek, u tarjimon sifatida ham faol ijod qilgan. Uning tarjimasidagi A. Pushkinning «Evgeniy Onegin» she’riy romani mudom sevib o‘qiladi. Oybek og‘ir xastalikdan so‘ng 1968 yil 1 iyulda vafot etgan.